Kontent qismiga oʻtish

Li Sin ki

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Li Sin-ki
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Li Sin-ki
Tavallud sanasi 2-iyun 1988-yil (1988-06-02) (36 yosh)
Tavallud joyi Gwangju, Janubiy Koreya
Boʻyi 1.77m
Ampluasi Yarimhimoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Jeonbuk Hyundai Motors
Raqami 14
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2011—2012 Gwangju FC 65 (12)
2013 Jeonbuk Hyundai Motors 170 (32)
2015—2016Sangju Sangmu 37 (6)
Milliy terma jamoa
2011 Janubiy Koreya 15 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2021-yil 9-may uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2018-yil 3-fevral uchun)

Li Sin-ki (talaffuzi: Li Sin Ki) (1988-yil 2-iyunda tugʻilgan) — janubiy koreyalik futbolchi, hozirda „Jeonbuk Hyundai Motors“ klubida yarim himoyachi sifatida oʻynaydi, ilgari „Gwanju“ klubida oʻynagan. Li shuningdek, xalqaro maydonda futbolida Janubiy Koreya terma jamoasi sharafini himoya qiladi.

Klubdagi faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Li 2011-yilgi K-liga mavsumi uchun Ulsan universitetidan „Gwangju“ futbol klubi tomonidan tanlab olingan[1]. 2011-yil 6-aprelda Busan I’Parkga qarshi 2011-yilgi K-liga kubogi ikkinchi davrasida oʻzining yangi klubi uchun birinchi marta maydonga tushgan[2]. Li oʻzining birinchi K-liga oʻyinini keyingi haftada Sangju Sangmu Phoenixga qarshi oʻtkazgan[3]. Li oʻzining birinchi professional golini 2011-yil 1-may kuni Gwangjuning Daejon Citizen klubiga qarshi oʻyinida kiritgan[4]. Li mavsum davomida yana yettita gol urgan va João Paulo bilan birga 2011-yilda klubining eng yaxshi toʻpurari boʻlgan.

Gwangju 2012-yilgi K-Liga mavsumi yakunlanganidan keyin quyi ligaga tushib ketgan. 2013-yil yanvar oyida Li Jeonbuk Hyundai Motors jamoasiga oʻtgan[5].

2015-yilda Li Jeonbuk Hyundai Motors jamoasidan Sangju Sangmu FCga oʻtgan, shartnomada Lining 2017-yilda Jeonbuk Hyundai Motorsga qaytishi koʻrsatilgan.

Xalqaro faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2011-yilda Li Koreya Respublikasi terma jamoasiga OFKning 2014-yilgi Jahon chempionati saralash bosqichining uchinchi bosqichi oʻyinlari uchun tanlangan. U 2011-yil 11-noyabrda Koreyaning Birlashgan Arab Amirliklari ustidan qozonilgan gʻalabasida zaxira oʻyinchisi sifatida xalqaro maydonda debyut qilgan[6].

Faoliyat statistikasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Klub Mavsum Liga Milliy kubok Kontinental Liga kubogi Jami
Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Gvanju FK 2011-yil 25 8 1 0 2 0 28 8
2012-yil 40 4 1 0 41 4
Jeonbuk Hyundai Motors 2013-yil 21 5 2 1 7 1 30 7
2014-yil 26 5 2 0 7 2 35 7
Sangju Sangmu 2015-yil 22 5 0 0 22 5
2016-yil 15 1 0 0 25 5
Jeonbuk Hyundai Motors 4 0 0 0 4 0
2017-yil 31 9 0 0 31 9
2018-yil 27 1 0 0 10 1 37 2
2019-yil 25 4 0 0 5 0 30 4
2020-yil 24 5 4 3 2 0 30 8
2021-yil 12 3 0 0 0 0 12 3
Karyerada jami 272 50 10 4 31 4 2 0 315 58

Jeonbuk Hyundai Motors

  • K Liga 1 : 2014, 2017, 2018, 2019, 2020
  • KFA kubogi : 2020

Sangju Sangmu

  • K liga 2 : 2015-yil
  1. „Gwangju FC 2011 squad“. footballsquads.co.uk.
  2. „Busan I'Park vs. Gwangju FC 1 - 0“. soccerway.com.
  3. „Gwangju FC vs. Sangmu Sangju 0 - 0“. soccerway.com.
  4. „Gwangju FC vs. Daejeon Citizen 2 - 1“. soccerway.com.
  5. „Kim Yu-Na to Compete in Korea for the First Time in 7 Years“. Arirang News. 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 8-yanvar.
  6. „United Arab Emirates vs. Korea 0 - 2“. fifa.com. 2011-yil 7-noyabrda asl nusxadan arxivlangan.