Kontent qismiga oʻtish

Linda Maxine Godwin

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Linda Maxine Godwin
Tavalludi 2-iyul 1952-yil
Cape-Girardeau, Missuri
Fuqaroligi AQSH bayrogʻi AQSh
Kasbi Parvoz mutahassisi
Kosmik karyera
Kosmosdagi vaqt
3 305 580 soniya
Missiyalar STS-37, STS-59, STS-76, STS-108

Linda Maxine Godwin (talaffuzi: Linda Maksin Godvin; 2-iyul, 1952 -yil, Cape-Girardeau, Missuri) — amerikalik fazogir. Linda Maxine Godwin 4 marta kosmik parvozni amalga oshirgan (1991, 1994, 1996 va 2001).

Linda „Ninety-Nines“ guruh aʼzosi.

Tarjimayi holi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Linda 1952-yil 2-iyulda Cape-Girardeau shahrida tugʻilgan. 1970- yilda oʻrta maktabini tamomlagan, 1974-yilda Cape-Girardeaudagi Janubi-Sharqiy Missuri shtatidagi Davlat universiteti[en]da matematika va fizika boʻyicha bakalavr, 1976-yilda magistr va 1980-yilda Kolumbiyaning Missuri universitetida fizika boʻyicha doktorlik darajasini olgan. Amerika Jismoniy Jamiyatining (The American Physical Society), „Ninety-Nines“, Association of Space Explorers[en], Aircraft Owners and Pilots Association[en]jamiyatining aʼzosi. Lindon Jhonson kosmik markazida parvoz ekipaji operatsiyalari direktorining oʻrinbosari. Linda shaxsiy uchuvchilik guvohnomasiga ega[1].

Linda Godwin 1980-yildan beri NASAda foydali yuk integratsiyasi ustida ishlaydi, shuningdek, parvoz nazoratchisi va foydali yuk boʻyicha ofitser sifatida faoliyat yutiradi. Linda 1985-yildan beri fazogirlar nomzodi[1].

Kosmik parvozlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Godwin koinotdagi 241-odam, AQShning 148-kosmonavti va orbital koinotga uchgan 14-ayol boʻlgan. U orbitada 38 kun (38 kun 06 soat 13 daqiqa) boʻlgan va 10 soatdan koʻproq vaqtni ochiq kosmosda oʻtkazgan.

Missiya emblemalari:

  • NASA Outstanding Performance Rating
  • Sustained Superior Performance Award
  • Outstanding Leadership Award.

Shaxsiy hayoti

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Linda astronavt Steven Nagel bilan turmush qurgan va 2014-yil 21-avgustda saraton kasalligidan vafot etguniga birga yashagan. Sevimli mashgʻuloti: saksafon va klarnet chalish, kitob oʻqish, parvoz[2].

  1. 1,0 1,1 „Astronaut Bio: Linda M. Godwin (08/2010)“ (en). jsc.nasa.gov. 2017-yil 8-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 25-fevral.
  2. „History of ARISS“ (en). arrl.org. 2019-yil 29-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 28-yanvar.