Quyonquloq
Qiyofa
(Lindelofiyadan yoʻnaltirildi)
Quyonquloq, lindelofiya — govzabondoshlar oilasiga mansub koʻp yillik oʻtsimon oʻsimliklar turkumi. Oʻrta Osiyoda, Afgʻoniston va Eronda tarqalgan. Oʻzbekistonda uzun ustunchali Q. yoki koʻkgul turi oʻsadi. Ildizi oʻqildiz. poyasi tik, boʻyi 40—80 sm. Ildiz boʻgʻzidagi barglari yirik (uz. 25—50, eni 2—5 sm), toʻpguli roʻvaksimon, guli koʻk-havorang. Iyun — sentabrda gullab urugʻlaydi. Mevasi yongʻoqcha. Togʻ zonasi, daryo, kanal va yoʻl boʻylarida, paxtazorlarda oʻsadi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |