Kontent qismiga oʻtish

Lindstrоm Bifshteks

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Lindstrom mol goʻshti bifshteks (shved biff à la Lindström) – shved taomi, bifshteks yoki sariyogʻda qovurilgan mol goʻshti, piyoz, lavlagi, kapersdan tayyorlangan shved kotleti[1]. Shvetsiyaning milliy taomlaridan biri hisoblanadi[2].

Kelib chiqishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Taom muallifi yoki uning sharafiga „Bifshteks“ nomi berilgan shaxs aniq belgilanmagan, ammo, bu haqida bir nechta variantlar mavjud. Umumiy variant: bu taom Sankt-Peterburgda tugʻilgan-oʻsgan Henrik Lindström (1831—1910-yil) tomonidan ixtiro qilingan. 1862-yil 4-mayda, Henrik Kalamardagi „Vitt“ mehmonxonasiga tashrif buyurdi. U yerda doʻstlarini Rossiyada tanovul qilgan taomi bilan mexmon qilmoqchi edi. U masalliqlarni sanab, kotlet tayyorlashni aytib berdi. Taom darhol menyuga qoʻshildi, u hali ham mehmonxona menyusida qolmoqda[3]. Yana bir hikoya taomning muallifligini Fridtjof Nansen va Roald Amundsenga qutblar va shimoli-gʻarbiy dovoni orqali oʻz missiyalarida hamrohlik qilgan oshpaz Adolf Henrik Lindstryomga bogʻlaydi[4].

Nihoyat, bifshteks mualliflari ham K. G. deb ataladi. Asr boshida Stokgolmda Den Gyldene Fredenni boshqargan; va Stokgolmdagi Nya Dagligt Allehanda gazetasining muharriri boʻlgan va xuddi shu bifshteksni nonushta uchun isteʼmol qilgan[5].

Tayyorlanishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Taomning qiymasi odatda, mol goʻshti, maydalangan mol goʻshti va choʻchqa aralashmasidan tayyorlanishi mumkin. Ammo, asl retseptlarda qiymani tayyorlash uchun marinadlangan lavlagi, baʼzilarida esa qaynatilgan lavlagi ham ishlatiladi.

Qiyma tayyorlangach, lavlagi, piyoz va kaperlar mayda toʻgʻraladi va qiyma goʻshti hamda tuxum bilan aralashtiriladi. Taʼbga koʻra tuz va qalampir kabi ziravorlar qoʻshilishi mumkin. Shuningdek, taom bilan quyidagilar bilan tannovul qilinishi mumkin: smetana, qaymoq yoki sut, kartoshka yoki lavlagi marinadlari[6][7][8].