Kontent qismiga oʻtish

Fridtjof Nansen

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Fridtjof Nansen
Tavalludi 10-oktyabr 1861[1]
Vafoti 13-may 1930[2][1]
Fuqaroligi Norvegiya
Otasi Baldur Fridtjof Nansen
Onasi Adelaide Wedel-Jarlsberg

Fridtjof Nansen (1861.10.10 – Kristianiya (hozirgi Oslo) yaqinida – 1930.13.5) – norveg sayyohi, okeanograf, jamoat arbobi. 1880—82 yillarda Kristianiya universitetida oʻqigan. 1897-yildan oʻsha universitetda zoologiya professor, Peterburg Fanlar akademiyasi faxriy aʼzosi (1898). 1888-yilda birinchi boʻlib changʻida Grenlandiyaning janubiy qismini kesib oʻtib, uning ichki rayonlari butunlay muz bilan qoplanganligini aniqladi. 1893-yil maxsus qurilgan „Fram“ kemasida Shimoliy qutbni zabt etish maqsadida yoʻlga chiqadi va Shpitsbergen o.gacha yetib bordi. 1895-yilda N. ekspeditsiya qatnashchisi F. Ya. Iogansen bilan „Fram“ni tark etib, ilmiy tadqiqot oʻtkazish uchun qutb tomon yurdi, lekin 86°14’ shahrik.dan orqaga qaytishga majbur boʻldi.

„Fram“da okeanografik, meteorologik kuzatuvlar olib borildi, Shimoliy Muz okeani sayoz emasligi aniklan-di, suzib yurgan muzlar harakatiga Yerning sutkalik aylanishi taʼsiri kashf qilindi. N. 1902-yilda Kristianiyada Markaziy okeanografik laboratoriya tashkil etdi. 1913-yilda Shimoliy Muz okeani qirgʻogʻi boʻylab suzib, Yenisey daryosi quyilish joyigacha yetib bordi, undan Sharqiy Sibirning janubiy qismi va Uzoq Sharqqa sayohat qildi. 1914—18 yillarda Millatlar ligasining harbiy asirlar masalasi boʻyicha Bosh komissari boʻlgan. N. nomiga Arktika va Antarktikada bir qancha obʼyektlar qoʻyilgan. Insonparvarlik faoliyati uchun N.ga Nobel Tinchlik mukofoti berilgan (1922).[3]

  1. 1,0 1,1 (unspecified title)
  2. // (unspecified title)
  3. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil