Nadia Murad
Nadia Murad | |
---|---|
Nadia Murad 2018-yilda | |
Tavalludi |
Nadia Murad Basee Taha 10-mart 1993-yil[1] Kocho, Iroq |
Fuqaroligi | Iroq[2] |
Turmush oʻrtogʻi |
Abid Shamdeen (turm. 2018) |
Mukofotlari |
|
Nadia Murad Basei Taha (kurdcha: نادیە موراد بەسێ تەھا، ; arabcha: نادية مراد باسي طه) 1993-yil 10-martda tugʻilgan – Germaniyada yashovchi yazidiy inson huquqlari himoyachisi[3][4]. 2014-yilda u tugʻilib oʻsgan shahri Kochodan oʻgʻirlab ketilgan va Iroq va Shom Islom Davlati tomonidan uch oy ushlab turilgan[5].
Nadia Murad „Genotsidlar, ommaviy vahshiyliklar va odam savdosi qurboni boʻlgan ayollar va bolalarga oʻz hayotlari va atrof-muhitlarini sogʻlomlashtirish va tiklash uchun yordam berishga“ bagʻishlangan jamiyat asoschisi hisoblanadi[6].
2018- yilda Nadia Murad va Denis Mukvege birgalikda „ jinsiy zoʻravonlikni urush va qurolli toʻqnashuv quroli sifatida qoʻllashni tugatishga qaratilgan qarshi kurashlari uchun“ Nobel mukofotiga sazovor boʻlishdi[7]. U Nobel mukofotiga sazovor boʻlgan birinchi iroqlikdir[8].
2016-yilda Nadia Murad Birlashgan Millatlar Tashkilotining Narkotiklar va jinoyatchilik boʻyicha boshqarmasining (UNODC) inson savdosidan omon qolganlarning qadr-qimmati boʻyicha birinchi boshqarma elchisi etib tayinlandi[9].
Bolalik davri
[tahrir | manbasini tahrirlash]Murad Iroqning Sinjar tumanidagi yazidiylar yashaydigan Kocho qishlogʻida dunyoga kelgan[10][11]. Uning oilasi kichik yazidi fermerlaridan boʻlgan[12].
Murad oilada 11 ta farzandning eng kichigi edi, toʻrtta katta opa-singillarini hisobga olmaganda. Murodning otasi birinchi xotini vafotidan soʻng, Murodning onasiga uylanadi, birinchi xotinidan toʻrt farzandi qolgandi. Uning ota-onasi ham dindor yazidiy edilar, ammo Murad oʻsib ulgʻayotgan davrlarida din haqida koʻp narsa bilmas edi. Muradning otasi 2003-yilda vafot etgan.
Murad bolalik chogʻlaridanoq shaxsiy sartaroshxonaga ega boʻlishni orzu qilgan. U oʻz uyiga shunchalar bogʻlanib qolganidan, Kochoni tashlab boshqa joyda yashashni hech qachon tasavvur qilmagan edi.
Oilasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]2018-yil 19-avgustda Germaniyada Nadia Murad inson huquqlari faoli boʻlgan Abid Shamdeen bilan turmush qurgan[13][14][15].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Nadia Murad on Instagram“. Instagram (2022-yil 10-mart). Qaraldi: 2022-yil 23-aprel.
- ↑ (unspecified title)
- ↑ „Iraqi Yazidi human rights activist Nadia Murad gets married“. Ekurd.net (2018-yil 20-avgust). Qaraldi: 2022-yil 23-aprel.
- ↑ Siddique, Haroon; Maclean, Ruth. „Nobel peace prize 2018 won by Denis Mukwege and Nadia Murad – as it happened“. The Guardian (2018-yil 5-oktyabr).
- ↑ Westcott, Lucy. „ISIS sex slavery survivor on a mission to save Yazidi women and girls“. Newsweek (2016-yil 19-mart). Qaraldi: 2016-yil 22-sentyabr.
- ↑ „Nadia Murad“. Forbes. Qaraldi: 2018-yil 5-oktyabr.
- ↑ „Announcement“. The Nobel Peace Prize. 2018-yil 5-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 5-oktyabr.
- ↑ „Nobel Peace Prize winner Nadia Murad“. BBC News (2018-yil 5-oktyabr).
- ↑ „Human trafficking survivor Nadia Murad named UNODC Goodwill Ambassador“. United Nations. Qaraldi: 2023-yil 7-avgust.
- ↑ „Who is the Nobel Peace Prize 2018 winner Nadia Murad?“. The National (2018-yil 5-oktyabr).
- ↑ „Nadia Murad: One woman's fight against 'Islamic State'“. Deutsche Welle (2018-yil 10-dekabr). Qaraldi: 2021-yil 2-sentyabr.
- ↑ Murad Basee Taha, Nadia. „Nadia Murad Basee Taha (ISIL victim) on Trafficking of persons in situations of conflict – Security Council, 7585th meeting“ (Video). United Nations Television (UNTV) (2015-yil 16-dekabr). 2018-yil 26-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 21-sentyabr.
- ↑ „Iraqi Yazidi human rights activist Nadia Murad gets married“. Ekurd.net (2018-yil 20-avgust). Qaraldi: 2023-yil 20-avgust.
- ↑ „Yazidi Islamic State survivor gets engaged“. BBC News (2018-yil 20-avgust). Qaraldi: 2023-yil 20-avgust.
- ↑ „Nadia Murad on Instagram“. Instagram (2023-yil 19-avgust). Qaraldi: 2023-yil 20-avgust.