Kontent qismiga oʻtish

Tinchlik boʻyicha Nobel mukofoti

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Tinchlik boʻyicha Nobel mukofoti — dunyoda tinchlik oʻrnatishga ulkan hissa qoʻshgan shaxslarga/tashkilotlarga beriladi[1]. Alfred Nobelning vasiyatiga binoan Nobel tinchlik mukofoti „tinchlikparvarlik konferensiyalarini oʻtkazish va targʻib qilishda, xalqlarning birdamligi, doimiy armiyalar sonining kamayishiga katta hissa qoʻshgan“larga beriladi. 1901-yilda mukofotning birinchi laureatlariga Xalqaro Qizil xoch qoʻmitasining asoschisi Anri Dyunan va Parlamentlararo ittifoq asoschisi Frederik Passi aylandi.1901-2019-yillarda mukofot atigi 100 marta topshirilgan, 19 yil davomida — 1914-1916, 1918, 1923, 1924, 1928, 1932, 1939-1943, 1948, 1955-1956, 1966-1967 va 1972-yillarda mukofotga munosib nomzod topilmagan.Shu vaqt ichida 107 kishiga, shu jumladan 17 nafar ayolga va uch marta Xalqaro Qizil xoch qoʻmitasini oʻz ichiga olgan 27ta tashkilotga Nobel tinchlik mukofoti berildi. Oʻziga berilgan tinchlik boʻyicha Nobel mukofotidan bosh tortgan yagona shaxs bu 1973-yilda AQSh davlat kotibi Genri Kissinjer bilan birga ushbu mukofotga sazovor boʻlgan vetnamlik siyosatchi Le Dik Txodir. Tinchlik boʻyicha Nobel mukofotiga nomzodi qoʻyilganlar orasida hozirda tinchlik uchun kurashdagi xizmatlari kamida bahsli sifatida baholanayotgan shaxslar ham boʻlgan — Iosif Stalin (1945 va 1948-yillarda), Adolf Gitler (1939), Benito Mussolini (1935), shuningdek Xuan Peron, Nevill Chemberlen, Garri Trumen, Nikolay II. Bundan tashqari, Lev Tolstoy, Erix Mariya Remark, Nikolay Rerix, Per de Kuberten, Mariya Montessori, Robert Baden-Pauell va boshqalar Nobel mukofotiga nomzod boʻlishgan.

Tinchlik boʻyicha Nobel mukofoti sohiblari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  1. Mukofot sohiblari, 2013-10-12da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2017-05-13
  2. https://m.kun.uz/news/2019/10/11/tinchlik-boyicha-nobel-mukofoti-efiopiya-bosh-vaziriga-beriladi
  3. https://m.kun.uz/news/2020/10/09/tinchlik-boyicha-nobel-mukofoti-bmt-insonparvarlik-tashkilotiga-berildi