Kontent qismiga oʻtish

Bertha von Suttner

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Bertha von Suttner
Tavalludi 9-iyun 1843[1][2][3][4][5][6]
Vafoti 21-iyun 1914[1][2][3][5][6]
Fuqaroligi Avstriya imperiyasi va Cisleithania
Otasi Franz Joseph Kinsky
Onasi Sophie Wilhelmine Koerner

ZUTNER (Suttner) Berta fon (asl fam. Kinskaya) (1843.9.6, Praga — 1914.21.6, Vena) — Avstriya adibasi, jamoat arbobi. Harbiy oilada tugʻilgan. Gruziyada yashagan (1876—85). Shu yerda adabiy faoliyati boshlangan. "Bir qalb qomusi" (1883) asarini Onlot taxallusi bilan eʼlon qiladi. 3. Venaga qaytgach, Tinchlik jamoati tuzadi (1891), zamonasining koʻzga koʻringan jamoat arboblari, mashhur yozuvchilari bilan aloqa oʻrnatadi. "Vaffen nuder!" ("Die Watten nieder!", 1892—99) jurnal nashr etgan. "Yoʻqolsin qurol" (1889), "Martaning bolalari" (1902) roman larini, "Yozuvchining ishqiy sarguzashtlari" (1888), "Azobkor shoh" (1899) asarlari hamda "Urush va unga qarshi kurash" (1904), "Xotiralar" (1908) toʻplamlarining muallifi. Urushga qarshi faoliyati uchun Nobel mukofoti laureati (1905) boʻlgan.[7]

  1. 1,0 1,1 (unspecified title)
  2. 2,0 2,1 (unspecified title)
  3. 3,0 3,1 — Т. 2. — С. 1124-1129.
  4. — С. 54.
  5. 5,0 5,1 // (unspecified title)
  6. 6,0 6,1 (unspecified title)
  7. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil