Kontent qismiga oʻtish

Dalay Lama XIV

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Tenzin Gyatso (2012)

Gyatso Tenzin (1935.6.7, Takser qishlogʻi, Tibet) — 14 dalaylama. Dehqon oilasida tugʻilgan. 1940 yil 22 fevral da uni dalaylama taxtiga koʻtarish marosimi boʻlgan, soʻng oʻqish yillari boshlangan. Mantiq, tibet sanʼati va madaniyati, sanskrit, tibbiyot, budda falsafasi, shuningdek, sheʼriyat, musiqa, drama sanʼati, munajjimlik, notiqlik ilmini oʻrgangan. 24 yoshida iloqiyot doktori darajasini olgan. 1956 yil Tibet milliy assambleyasining favqulodda sessiyasi diniy va dunyoviy hokimiyatni toʻlaligicha egallashni soʻrab G.ga murojaat qildi. Xitoy armiyasi boʻlinmalari bilan Lxasa (Tibet)dagi mahalliy aholi oʻrtasida qurolli toʻqnashuv boʻlganda (1959) G. qon toʻkilishining oldini olish uchun yurtidan chiqib ketishga majbur boʻldi. 1960 yildan buyon Hindistonda, Dharmsala sh.da yashaydi. U quvgʻindagi "Tibet hukumati"ning boshligʻi hisoblanadi. G. oʻnlab kitoblar yozgan. U oʻz asarlarida, chet ellarga safarlari chogʻida buddizmni, tibet madaniyatini, zoʻrlik ishlatmaslik, atrof muhitni ifloslantirmaslik goyalarini targʻib qiladi. Tinchlikni mustahkamlash yoʻlida koʻrsatgan faoliyati uchun Nobel mukofotiga sazovor boʻlgan (1989).[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil