Kontent qismiga oʻtish

Xalqaro qizil xoch va qizil yarim oy jamiyati

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Ishga tushgan sanasi 5-may, 1919-yil (105 yil avval) (1919-05-05)

Xalqaro Qizil Xoch va Qizil Yarim Oy jamiyatiga Shveysariyada asos solingan. Bu jamiyat halokat qurbonlariga yordam berish, jamiyatning yordamga muhtoj qatlamlariga har tomonlama yordam berish, birinchi yordam koʻrsatish boʻyicha oʻquv mashgʻulotlari tashkil qilish, Xalqaro Inson Xuquqi boʻyicha bilimlarni tarqatish, qurolli toʻqnashuvlar davrida esa harbiy tibbiyot xizmatchilariga koʻmaklashish vazifalarini bajaradi. Bu jamiyatning belgisi - Shveysariya bayrogʻi ranglarining teskari koʻrinishidir (Shveysariya bayrogʻida qizil rangga oq xoch belgisi chizilgan). "Qizil Xoch" va "Qizil Yarim oy" belgilarining hech qanday farqi yoʻq. Lekin koʻp davlatlar yarim oy belgisini tanlaganlar. Hozirda juda koʻp davlatlarda Milliy Xalqaro Qizil Yarim Oy jamiyatlari tashkil qilingan. Bu jamiyatlar oʻz davlatlarining muammolarini bartaraf etishga koʻmaklashib, davlat rivojlanishiga oʻz xissasini qoʻshib kelmoqda. Oʻzbekiston Qizil Yarim Oy milliy jamiyati 1925-yil 14 noyabrda tuzilgan. 1992-yil 28 may - Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti "Oʻzbekiston Qizil Yarim oy jamiyati toʻgʻrisida"gi Farmonga imzo chekdi. Oʻzbekiston Qizil Yarim oy milliy jamiyatining faxriy Prezidenti qilib Oʻzbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimov saylandi. Bu jamiyatning hozirgi kundagi faoliyatining asosiy maqsadlaridan biri - Oʻzbekiston Yoshlar Qizil Yarim Oy jamiyatini tuzish. Bu jamiyatning asosi Yoshlar Markazlari va klublar boʻladi. Bu Markazlar Niderlandiya, Shvetsiya, Finlandiya Qizil Xoch jamiyatlari va Xalqaro Qizil Xoch jamiyati bilan hamkorlikda tashkil qilinadi. Yoshlar Markazlari yoshlarning oʻqishi, bilim olishi uchun sharoit yaratish, giyohvandlik va OITSning oldini olish yoʻlida katta ishlar qilmoqdalar[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil