Lisunov koʻchasi (Toshkent)
Umumiy maʻlumotlar | |
---|---|
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Shahar | Toshkent |
Tuman | Yashnobod |
Uzunligi | 220 m |
Boshlanish koordinatalari | 41°17′50″N 69°20′31″E / 41.297208°N 69.341977°E |
Tugash koordinatalari | 41°17′47″N 69°20′40″E / 41.296403°N 69.344370°E |
Kim sharafiga nomlangan | Boris Lisunov |
Kesishgan koʻchalari | Qorasuv koʻchasi, Aviasozlar 2-tor koʻchasi |
Koʻchada joylashgan binolar | Koʻp qavatli uylar, Yashnobod tuman MIB |
Lisunov koʻchasi — umumiy uzunligi qariyb 220 metr boʻlgan koʻcha, shaharning sharqiy qismida, Toshkent shahri Yashnobod tumani Yashnobod mahallasi hududida joylashgan. Sovet samolyot konstruktori, polkovnik muhandisi va Li-2 samolyotini ishlab chiqarish tashkilotchisi Boris Pavlovich Lisunov sharafiga nomlangan[1].
Kesishgan koʻchalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Qorasuv koʻchasidan boshlanib, Aviasozlar 2-tor koʻchasida tugaydi. Aviasozlar 5- va 6-tor koʻchalariga parallel ravishda oʻtadi.
Binolar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Uylarni raqamlash faqat chap tomonda amalga oshiriladi va bu yerda 5, 6, 7 va 8- koʻp qavatli uylar joylashgan. Oʻng tomonida Yashnobod tuman Majburiy ijro byurosi joylashgan.
Tansport
[tahrir | manbasini tahrirlash]Eng yaqin avtobus bekati boʻlmish Lisunov kinoteatri bekati Qorasuv koʻchasida joylashgan. Turkiston koʻchasida joylashgan Temir yoʻl vokzali va Toshkent metro bekati ushbu koʻchadan 8 km ga yaqin masofa oraligʻida joylashgan. Islom Karimov ko‘chasidagi TMU (TSUM) va „Toshkent“ avtovokzallari esa qariyb 8,4 km masofada joylashgan. Aeroport taxminan 10 km masofada joylashgan. Parkent koʻchasidadagi Ohangaron metro bekati (2-bekat) 800 metrga yaqin masofada joylashgan.