Kontent qismiga oʻtish

Liu Jianye

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Liu Jianye[刘建业]
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Liu Jianye
Tavallud sanasi 17-iyun 1987-yil (1987-06-17) (37 yosh)
Tavallud joyi Shenyang, Liaoning, Xitoy
Boʻyi 1.78 m (5 ft 10 in)
Ampluasi Himoyachi[1]
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Xiamen Egret Island
Raqami 8
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2005—2010 Changsha Ginde 152 (14)
2011—2021 Jiangsu Sainty 177 (2)
2019Guangdong South China Tiger (Ijara) 27 (0)
2020Taizhou Yuanda (Ijara) 11 (0)
2021 Xiamen Egret Island 0 (0)
2022 Heilongjiang Ice City 4 (0)
Milliy terma jamoa
2009—2015 Xitoy 45 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(31-dekabr 2020-yil uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (31-oktabr 2015-yil uchun)

Liu Jianye (talaffuzi: Lyu Szyane) (1987-yil 17-iyunda tugʻilgan) — xitoylik futbolchi, hozirda Xitoyning Birinchi Ligasida „Heilongjiang Ice City“ jamoasida oʻynaydi.

Klubdagi faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Liu Jianye oʻz futbolchilik faoliyatini 2005-yilgi liga mavsumida Shenyang Ginde jamoasi bilan boshlagan, u jamoda 2005-yil 30-aprelda Chongqing Lifanga qarshi oʻyinda (1:0) debyut qilgan[2]. Butun mavsum davomida u ligada 19 ta oʻyinda maydonga tushgan. U jamoadagi birinchi golini „Shanhai Shenhua“ga qarshi oʻyinda (6:1) kiritgan[3]. Keyingi mavsumda Liu klub uchun yana 25 liga oʻyinida oʻynagan va 2006-yilgi liga mavsumining koʻp qismida quyi ligaga tushib ketmaslik uchun kurash bilan kechgan. 2007-yilgi liga mavsumi boshida Shenyang Changshaga koʻchib oʻtgan va oʻz nomini Changsha Ginde deb oʻzgartirgan. Ammo, Liu oʻzining koʻp qirraliligi tufayli jamoaning muhim aʼzosiga aylanganiga qaramay, ajoyib oʻyinlari ham samara bermay keyingi bir necha mavsumda klub doimiy ravishda quyi ligaga tushib qolgan. 2010-yilgi mavsum oxirida yana bir bor quyi ligaga tushib ketgan[4].

Changsha bilan quyi ligaga tushib qolganiga qaramay, Liu Xitoy terma jamoasida oʻzini namoyon qilgan va 2010-yilning dekabr oyida nomaʼlum toʻlov evaziga Xitoy Superligasi vakili Jiangsu Saintyga transfer qilingan. U 2011-yilgi mavsumda klub sardori etib tayinlangan va oʻzini klubning orqa chizigʻining muhim qismi sifatida koʻrsatdi.

2019-yilning 25-fevralida Liu 2019-yilgi mavsum uchun birinchi liga vakili Guangdong South China Tigerga ijaraga berildi.

Xalqaro faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Liu Xitoy terma jamoasidagi debyutini 2009-yilning 18-iyulida Falastinga qarshi oʻyinda (3:1) oʻtkazgan[5]. Oradan biroz vaqt oʻtib u 2010-yil dekabr oyida 2011-yilgi Osiyo Kubogi uchun Xitoy terma jamoasiga chaqirilgan.

Faoliyat statistikasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Klub Mavsum Liga Mamlakat Kubogi Liga Kubogi Qitʼa Boshqa Jami
Divizion Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Changsha Ginde 2005 Xitoy Super Ligasi 19 2 0 0 - - 19 2
2006 25 2 1 0 - - - 26 2
2007 26 2 - - - - 26 2
2008 26 2 - - - - 26 2
2009 29 3 - - - - 29 3
2010 27 3 - - - - 27 3
Jami 152 14 1 0 0 0 0 0 0 0 153 14
Jiangsu Suning 2011 Xitoy Super Ligasi 28 0 0 0 - - - 28 0
2012 28 0 1 0 - - - 29 0
2013 28 1 2 1 - 6 1 1 0 37 3
2014 29 1 7 0 - - - 36 1
2015 25 0 5 0 - - - 30 0
2016 19 0 5 0 - 4 0 0 0 28 0
2017 17 0 3 0 - 6 0 0 0 26 0
2018 3 0 1 0 - - - 4 0
Jami 177 2 24 1 0 0 16 1 1 0 218 4
Guangdong South China Tiger (Ijara) 2019 Xitoy Birinchi Ligasi 27 0 0 0 - - - 27 0
Taizhou Yuanda (Ijara) 2020 11 0 0 0 - - - 11 0
Karyerada jami 367 16 25 1 0 0 16 1 1 0 409 18

Jiangsu Sainty

  • Xitoy FA Superkubogi : 2013-yil
  • Xitoy FA kubogi : 2015[6]

Xitoy milliy futbol jamoasi

  • Sharqiy Osiyo futbol chempionati : 2010-yil
  1. „10 Chinese players for Hyundai A-League“. A-League. Football Federation Australia. Qaraldi: 12-iyul 2016-yil.
  2. „0-1 - 比赛结果-中超数据库-搜狐“. csldata.sports.sohu.com (30-aprel 2005-yil). Qaraldi: 6-avgust 2012-yil.
  3. „6-1 - 比赛结果-中超数据库-搜狐“. csldata.sports.sohu.com (2-iyul 2005-yil). Qaraldi: 6-avgust 2012-yil.
  4. „China 2010“. rsssf.com (21-iyun 2012-yil). Qaraldi: 6-avgust 2012-yil.
  5. „国足3-1巴勒斯坦 曲波郜林进球杨智红牌 图 评“. sports.sohu.com (18-iyul 2009-yil). Qaraldi: 6-avgust 2012-yil.
  6. „足协杯-萨米尔加时绝杀 舜天客场1-0申花首夺冠“. Sports.sina.com.cn (29-noyabr 2015-yil). Qaraldi: 17-avgust 2019-yil.