Louane
Louane | |
---|---|
Louane 2017-yilgi Kann kinoestivalida | |
Tavalludi |
Anne Peichert 26-noyabr 1996-yil |
Kasbi |
|
Faoliyat yillari | 2012–hozirgi kungacha |
Bolalari | 1 |
Veb-sayt | louaneofficiel.com |
Anne Peichert (fransuzcha talaffuzi: [an peʃɛʁ]; 1996-yil 26-noyabrda tugʻilgan) – Louane Emera ([lwan emɛʁa]) yoki oddiygina Louane nomi bilan tanilgan, fransuz qo‘shiqchisi va aktrisasi. Fransiyada u 2013-yilgi „The Voice: la plus belle voix“ loyihasida yarim finalchi boʻlganidan keyin tanildi. 2014-yilda „La Famille Bélier“ filmidagi roli bilan xalqaro miqyosda ham tanildi. Bu filmdagi roli uchun u „Eng istiqbolli aktrisa“ uchun César mukofotini qoʻlga kiritdi. U 2022-yilda Fransiyaning „Beyond Signs (Visions)“ serialida bosh rolni ijro etadi.
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Anne Peichert toʻrtta singlisi va yagona ukasi Bach bilan Fransiyaning Pas-de-Calais departamentida katta boʻldi[1]. Louanening otasi Jean-Pierre Peichert fransuz boʻlib, polyak ona va nemis otaning farzandi edi. Uning onasi Isabel Pinto dos Santos esa portugaliyalik boʻlib, uning otasi portugal va onasi braziliyalik boʻlgan[2].
2008-yilda u Direct 8 kanalida efirga uzatilgan „L’École des stars“ nomli fransuz musiqa tanlovida ishtirok etdi[3].
Sakkiz yoshida DEGS kasalligi tashxisi qoʻyilgan Louane ota-onasi koʻpincha giperaktivligi uchun uni jazolashga majbur boʻlganini, lekin u ulardan intizom haqida koʻp narsani oʻrganganini hamda ular har doim unga mehr bilan munosabatda boʻlganini aytib oʻtdi[4][5].
Louane oʻsmirlik davrida ham otasidan, ham onasidan ayrildi. Uning „The Voice“ loyihasida ijro etgan „Imagine“ qoʻshigʻi atigi uch oy oldin vafot etgan otasiga bagʻishlandi. Uning onasi 2014-yilda uzoq davom etgan kasallikdan keyin vafot etdi[6][7].
Karyerasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Musiqiy karyerasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]2013-yilda uning birinchi haqiqiy yutugʻi „The Voice: la plus belle voix“ loyihasining ikkinchi mavsumida ishtirok etishi bilan keldi. U sahnada William Shellerning „Un homme heureux“ qoʻshigʻini kuyladi va ijro toʻrt murabbiy Florent Pagny, Jenifer, Lui Bertignac va Garoularning barchasiga maʼqul keldi. Uning „blind audition“ epizodi 2013-yil 16-fevralda efirga uzatildi.
2013-yil 23-mart kuni Musiqiy janglar raundida u Natali Imbruglianing „Torn“ qoʻshigʻini ijro etgani soʻng, u Diana Espirga qarshi raqib sifatida tanlandi. Jonli ijrolar davomida u Michel Legrandning „Les moulins de mon cœur“ qoʻshigʻini kuyladi va ovoz berish natijalari orqali tanlovdagi ishtirokini davom ettiradigan boʻldi. Tanlov davomida u 2013-yil 27-aprelda Carly Rae Jepsenning „Call Me Maybe“ qoʻshigʻini ijro etdi. Louanening vafot etgan otasiga bagʻishlangan „Imagine“ qoʻshigʻi bilan u yana ovoz berish orqali tanlovda qoldi. Ammo uning tanlovdagi faoliyati Karla Brunining „Quelqu’un m’a dit“ qoʻshigʻini ijro etganidan keyin yarim final bosqichida yakunlandi. U bu bosqichda jami 74 ball toʻpladi, boshqa bir yarim finalchisi Lois esa 76 ball toʻplagan edi. Shunga koʻra, Louane 5-8-oʻrinlarni egallab, magʻlub boʻldi.
2015-yil 5-fevralda u Parijda Jessie J koʻrgazmasining ochilish marosimida xizmat qildi.
Uning debyut studiyaviy albomi „Chambre 12“ 2015-yil 2-martda taqdim etildi va katta muvaffaqiyatga erishdi[8]. Uning „Avenir“ singli ham Fransiya chartlarida birinchi oʻrinni egalladi.
2017-yilda u „The Chainsmokers“ guruhi bilan birgalikda ularning „Memories…Do Not Open“ nomli debyut albomidan joy olgan „It Wonʼt Kill Ya“ qoʻshigʻini kuyladi.
2021-yil 1-sentabrda Pokémon 25 kompaniyasi „Game Boy“ oʻyin konsoli uchun „Game Girl“ qoʻshigʻini kuyladi.
Aktrisalik karyerasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]„The Voice“ loyihasidagi chiqishlaridan soʻng, Éric Lartigau uning mahoratini payqadi va uni oʻzining „La Famille Bélier“ filmiga taklif qildi[9]. Filmda u karlar oilasida yagona eshitadigan inson, Paula rolini oʻynadi. Qahramon filmda Michel Sardouning bir qator qoʻshiqlarini, xususan, „Je vole“ taronasini kuylaydi[10]. Bu filmdagi ijrosi uchun u „Eng istiqbolli aktrisa“ nominatsiyasida César mukofotini qoʻlga kiritdi[11].
U oʻsha yili Kann kinofestivalida premyerasi boʻlgan „TF1 2022“ nomli fransuz teleserialida bolalar psixologi rolini oʻynadi[12][13]. Akim Isker rejissyori boʻlgan serialda, shuningdek, Soufiane Guerrab, Jean-Hugues Anglade va Julien Boisselier ham bosh rollarni rollarini ijro etdi[14]. Serial voqealari bedarak yoʻqolgan bola hamda gʻalati hodisalarning govohiga aylanayotgan boshqa bir yosh bola bilan kechgan tergov jarayonlariga qaratilgan[15].
Shaxsiy hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]2017 va 2018-yillar oraligʻida Louane DJ Kungs bilan ishqiy munosabatlarda boʻlgani xabar qilindi, ammo ular buni rasman tasdiqlashdan bosh tortdi[16].
2018-yilning yozidan boshlab u musiqachi Florian Rossi bilan munosabatda boʻldi[17]. 2019-yil noyabr oyida Public jurnali Louane va Florian Rossi farzand kutayotganligini xabar qildi[18]. 2020-yil mart oyining oxirida u qiz farzandni dunyoga keltirdi va unga Esmée deb ism qoʻyishdi[19]. Instagram sahifasidagi jonli efirida Louane oʻz farzandining yuzini oshkor qilishni istamasligini aytdi, chunki u qizining hayoti oʻz hayotidan farq qilishini va birinchi navbatda uning shaxsiy daxlsizligini taʼminlashni xohlar edi[20].
Mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yil | Mukofot | Yoʻnalish | Nominant | Natija |
---|---|---|---|---|
2015-yil | Lumière Awards | Eng yaxshi yosh aktrisa | La Famille Bélier | Yutuq |
César Awards | Eng istiqbolli aktrisa | Yutuq |
Filmografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Filmlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yil | Film | Rol | Izoh |
---|---|---|---|
2014-yil | La Famille Bélier | Paula Bélier | César va Lumières mukofotlarini qoʻlga kiritgan |
2016-yil | Trollar | Poppy | Fransuzcha dublyajida ovoz bergan |
2017-yil | Sahara | Eva | |
2017-yil | Nos patriotes | Marie | |
2018-yil | Les Affamés | Zoé | |
2018-yil | Super oila 2 | Violet Parr | Fransuzcha dublyajida ovoz bergan |
2023-yil | Marie-Line et son juge | Marie-Line |
Televizion loyihalari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Badiiy loyihalari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 2022: Visions, as Sarah Sauvant
Tok-shoulari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yil | Shou |
---|---|
2014 | On nʼest pas couché |
Le Grand Cabaret sur son 31 | |
2015 | Hier encore |
Le Grand Journal | |
Du côté de chez Dave | |
Touche pas à mon poste! |
Tanlovlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yil | Tanlov | Izoh |
---|---|---|
2008-yil | L'École des stars | |
2013-yil | The Voice | 2-mavsum yarim finalchisi |
Diskografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Chambre 12 (2015)
- Louane (2017)
- Joie de vivre (2020)
- Joie de vivre (en couleurs) (2021)
- Sentiments (2022)
- Sentiments Heureux (2023)
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Louane Emera, de The Voice à La famille Bélier“ (fr). Europe 1 (2014-yil 16-dekabr).
- ↑ „Louane: Chambre 12, l'adolescence douloureuse“ (fr). Gala (2015-yil 2-mart).
- ↑ Assma Maad. „Louane Emera, la voix émouvante de "La Famille Bélier"“ (fr). lefigaro.fr. Le Figaro (2014-yil 17-dekabr). Qaraldi: 2015-yil 28-yanvar.
- ↑ Louane sur NRJ
- ↑ „"J'étais une gamine hyperactive et turbulente"“ (fr). 20min.ch (2015-yil 12-fevral). Qaraldi: 2017-yil 20-mart.
- ↑ Capucine Trollion. „5 choses à savoir sur Louane Emera : de The Voice aux Césars“ (fr). elle.fr. Elle (2015-yil 28-yanvar). Qaraldi: 2015-yil 28-yanvar.
- ↑ Claire Courbet. „Louane Emera passera l'épreuve de langue des signes au bac“ (fr). lefigaro.fr. Le Figaro (2015-yil 19-yanvar). Qaraldi: 2015-yil 28-yanvar.
- ↑ „Rafraîchissante Louane“ (fr). leparisien.fr. Le Parisien (2015-yil 20-yanvar). Qaraldi: 2015-yil 28-yanvar.
- ↑ Maguelone Bonnaud and Alain Grasset. „Louane, le joyau de " The Voice "“ (fr). leparisien.fr. Le Parisien (2014-yil 17-dekabr). Qaraldi: 2015-yil 28-yanvar.
- ↑ Emmanuel Marolle. „" Je vole " plane sur les ventes“ (fr). leparisien.fr. Le Parisien (2015-yil 18-yanvar). Qaraldi: 2015-yil 28-yanvar.
- ↑ Fabien Morin. „Louane Emera : de The Voice aux César“ (fr). lefigaro.fr. Le Figaro (2015-yil 28-yanvar). Qaraldi: 2015-yil 28-yanvar.
- ↑ „Beyond Signs“ (fr). CANNESERIES. Qaraldi: 2024-yil 18-may.
- ↑ „VISIONS: Special screening at Canneseries 2022 – eric neveux“. eric neveux – composer (2022-yil 27-mart). Qaraldi: 2024-yil 18-may.
- ↑ Visions IMDbda
- ↑ Morris, Anthony „When a child goes missing, the police are forced to look 'Beyond Signs'“. SBS What's On (2023-yil 20-sentyabr). Qaraldi: 2024-yil 18-may.
- ↑ „Louane et Kungs toujours en couple ? On a la réponse...“ (fr-FR). Public. Qaraldi: 2018-yil 26-iyul.
- ↑ https://www.potins.net/people-stars/louane-cest-lamour-fou-avec-son-cheri-351380.html
- ↑ „Louane enceinte de son premier enfant ?“. Qaraldi: 4-noyabr 2019-yil.
- ↑ „Louane maman pour la première fois : elle révèle le prénom de son bébé en photo“ (fr). www.purepeople.com. Qaraldi: 2020-yil 8-iyun.
- ↑ „Louane Live Instagram 9.06.2020“ (fr). Qaraldi: 9-iyun 2020-yil.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Vikiomborda Louane haqida turkum mavjud |