Lovlina Borgohain
Lovlina Borgohain | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Jinsi | ayol |
Fuqaroligi | Hindiston |
Tavallud sanasi | 2-oktyabr 1997-yil |
Sport | |
Qaysi sport | boks |
Lovlina Borgohain (tugʻ. 1997-yil 2-oktyabr) — hindistonlik bokschisi, 69 kg va 75 kg gacha toifasida ishtirok etadi, Hindiston terma jamoasi aʼzosi. 2020-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarining bronza medali sovrindori. 2018 va 2019-yilgi Jahon chempionatlari sovrindori, 2017-yilgi Osiyo chempionati sovrindori. Ardjuna Sport mukofoti sovrindori (2020)[1].
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Lovlina Borgohain 69 va 75 kg gacha bo‘lgan vazn toifalarida mamlakat chempionati g‘olibi. 2017-yilda Xoshiminda (Vietnam) bo‘lib o‘tgan Osiyo chempionatida 69 kg vazn toifasida turnirning bronza medalini qo‘lga kiritdi.
2018-yilda Hindistonda ayollarning boks bo‘yicha o‘rtasida bo‘lib o‘tgan Jahon chempionatida 1/2 final uchrashuvida hindistonlik sportchi tayvanlik Chen Nyansin bilan uchrashib, unga 0:4 hisobida imkoniyatni boy berib, Jahon chempionatidagi chiqishlarini yakunladi, turnirning bronza medalini qoʻlga kiritdi.
2019-yilda oktyabr oyida Ulan-udeda boʻlib oʻtgan Olimpiya oldidan Jahon chempionatida hindistonlik sportchi hakamlarning alohida qarori bilan Xitoylik sportchi Yan Lyuga yutqazib, yarim finalni yakunladi. Natijada ayollarning boks bo‘yicha o‘rtasida bo‘lib o‘tgan Jahon chempionatida u bronza medalini qo‘lga kiritdi. Oʻsha yili Amman shahrida (Iordaniya) o‘tkazilgan Osiyo olimpiya saralash turnirida Lovlina ikkinchi o‘rinni egallab, Tokio Olimpiadasiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
2021-yilda Tokioda (Yaponiya) boʻlib oʻtgan Yozgi Olimpiada oʻyinlarida yarim finalga qadar yetib bordi. Musobaqa davomida Germaniya va Tayvan sportchilari nokautga uchradi. Yarim finalda Busenaz Sürmeneliga imkoniyatni boy berib, o‘yinlarning bronza medalini qo‘lga kiritdi[2].