Kontent qismiga oʻtish

Luiza Zokirova

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Luiza Zakirova
Tavalludi 7-yanvar 1938-yil (1938-01-07) (86 yosh)
Kasbi qoʻshiqchi
Turmush oʻrtogʻi Poʻlat Morduxayev
Ota-onasi Karim Zakirov
Bolalari Nargiz Zokirova
Mukofotlari Oʻzbekiston SSRda xizmat koʻrsatgan artist

Luiza Karimovna Zakirova – (1938-yil 7-yanvarda tugʻilgan) oʻzbek estrada xonandasi[1]. Oʻzbekiston SSRda xizmat koʻrsatgan artist (1965)[2]. Zokirovlar oilasining vakillaridan biri.

Opera xonandasi Karim Zokirovning qizi, estrada xonandasi "Yalla" vokal-cholgʻu guruhi rahbari Farrux Zokirovning singlisi. 1954-yilda maktab oʻquvchisi sifatida Luiza Zokirova Hindistonning birinchi bosh vaziri Javoharlal Neruning qizi Indira Gandi bilan Sovet Ittifoqiga tashrifiga bagʻishlangan hukumat konsertida „Bayju Bavra“ filmidan „Tu Ganga Ki Mauj“ hind qoʻshigʻini ijro etib, sahnada debyut qilgan. Keyinchalik Luiza Zakirova ukasi Botir Zokirov bilan birga chiqish qila boshlab, ukasi tomonidan tashkil etilgan „Yoshlik“ yoshlar ansambli va Oʻzbekiston SSR Davlat estrada orkestrida solist boʻlib faoliyat yurita boshlagan[3]. 1957-yilda Butunjahon yoshlar va talabalar festivalida luiza Zokirova „Namangan olmalari“ qoʻshigʻini ijro etib koʻpchilikning eʼtiboriga tushgan[4]. 1968-yilda xonanda „Oʻgʻrilik“ film-konsertini suratga olishda ishtirok etgan (filmda Botir va Luiza Zokirovalar „Baxt haqida qoʻshiq“ni ijro etishgan). Xonandalikdan tashqari Luiza Zokirova „Tashkent Music-Hall“ning asoschilaridan biri va boshlovchisi boʻlgan. 1970-yillarning oxirida, Music-Hall tarqatib yuborilgandan soʻng, u „Navroʻz“ ansamblining solisti boʻlib faoliyat yuritgan[5]. 1984-yilda Luiza Zokirova sahnani tark etganini eʼlon qilgan.

1995-yilda Luiza Zokirova Amerika Qoʻsha Shtatlariga joʻnab ketgan va hozirda Nyu-Yorkda istiqomat qiladi[6].

Xonandaning turmush oʻrtogʻi – cholgʻuchi,Botir Zokirov ansamblida sozanda boʻlgan Poʻlat Morduxoʻjayev, qizi – Rossiyaning Birinchi kanalidagi Golos tanlovida Scorpions guruhining Still Loving You ashulasini kuylab, matbuot diqqatiga tushgan Nargiz Zokirova[7].