Kontent qismiga oʻtish

Nargiz Zokirova

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Nargiz Zokirova

Nargiza 2014-yilda Samara
Umumiy maʼlumot
Tavalludi 6-oktyabr 1971-yil (1971-10-06) (53 yosh)
Janrlar Rok, pop
Faoliyat yillari 1980-bugun
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi OʻzbekistonAQSH bayrogʻi AQSh
Amplua Qoʻshiqchi
Veb-sayt rocknnargiz.com

Nargiz Poʻlatovna Zokirova (1971-yil 6-oktyabr, Toshkent) oʻzbek-amerikalik qoʻshiqchidir. New Yorkda istiqomat qiladi[2]. Rossiyaning Birinchi kanalidagi Golos tanlovida Scorpions guruhining Still Loving You ashulasini kuylab, matbuot diqqatiga tushdi[2][3]. Nargiz Zokirova Farrux Zokirovning jiyanidir[2].

Nargiz 1970-yil 6-oktabrda Toshkent shahrida musiqachi oilasida tavallud topgan[4][5].

Onasi – Luiza Karimovna Zokirova, 1960–1970-yillarda mashhur estrada xonandasi boʻlgan. U akasi, taniqli estrada xonandasi Botir Zokirov[6] bilan duet kuylagan. Nargizning otasi Poʻlat Sionovich Morduxayev, buxorolik yahudiy, Botir Zokirov ansamblida barabanchi boʻlgan. Nargiz otasining ogʻir kasalligi tufayli 2012-yilda „Golos“ telekoʻrsatuvining birinchi kastingida ishtirok eta olmagan[7]. Poʻlat Morduxayev 2013-yil aprel oyida vafot etgan[8].

Nargiz 4 yoshida birinchi marta sahnaga chiqdi. 15 yoshida amakisi Farrux Zokirov musiqasi va Ilya Reznik[9] soʻzi bilan yozilgan „Meni esla“ qoʻshigʻi bilan chiqish qildi. Rejissyor Ali Xamrayev tomonidan suratga olingan „Vodiylik kelin“ filmi uchun bastalangan bir qancha qoʻshiqlar bilan „Yurmala-86“ birinchi Butunittifoq televizion tanlovida ishtirok etdi va tomoshabinlar eʼtiborini qozondi[10]. 1988-yilda yosh xonandaning „Shaggy student“ qoʻshigʻi uchun olingan video „Do 16 ili starshe…“ telekoʻrsatuvida namoyish etildi[11].

Zokirova Respublika sirk maktabining estrada boʻlimida tahsil olgan. U oʻz guruhi bilan muvaffaqiyatli chiqishlar qilgan.

Nargiz 2013-yilda amerika The X-Factor tanlovining uch bosqichidan oʻtdi, ammo tashkilotchilar boshqa qoʻngʻiroq qilishmadi. Soʻngra Rossiyaning „Golos“ televizion loyihasida qatnashdi[12]. Nargiz barcha toʻrt hakamni hayratda qoldirdi vaLeonid Agutin[13] jamoasini tanladi. 2013-yil 20-dekabrda tanlovning finaliga chiqdi[14]. U Sergey Volchkovga katta farq bilan yutqazib, ikkinchi oʻrinni egalladi. Biroq, qoʻshiqchi: „Men yutmadim, men gʻalaba qozondim“,– deb hisoblaydi[15].

Zokirova 2014-yilning aprelidan 2019-yilning avgustigacha prodyuser va bastakor Maksim Fadeyev bilan hamkorlik qilgan. Musiqachi 2014-yil 3-iyulda chiqarilgan „Ya – ne tvoya“ yakkaxon debyutini yozdi. Oktyabr oyida qoʻshiq uchun videoklip premyerasi boʻlib oʻtdi, unda eri Filipp Balzano bilan birga rol oʻynagan[16].

Scorpions guruhi aʼzosi Rudolf Schenker Facebook sahifasiga Nargiz Zokirova ijrosi videosini qoʻydi[17].

Nargiz Zokirova Rossiya „Perviy kanal“dagi „Golos“ („Ovoz“) dasturidagi nisbatan muvaffaqiyatli va eʼtiborga molik va oʻziga xos noodatiy tashqi koʻrinishli ishtirokidan soʻng nafaqat Rossiya, balki MDH mamlakatlarida ham tanildi.

Nargiz Zokirova 2014-yil 10-aprel kuni Rossiya talablarini buzgani uchun mahalliy Migratsiya xizmati xodimlari tomonidan hibsga olingan. Nargiz Zokirova Rossiyaning Yugra okrugidagi yirik shaharlarda gastrol dasturi bilan chiqish qilayotgan boʻlgan. Surgut shahrida hech qanday muammolar uchramagan, biroq Nijnevartovskda mahalliy migratsiya xizmati xodimlari uni qoʻlga olib, unga nisbatan maʼmuriy bayonnoma tuzishgan[18].

Nargiz Zokirova 1995-yilgacha Toshkentda yashagan. Birinchi turmush oʻrtogʻi taniqli qoʻshiqchi Ruslan Sharipov.

  • Otasi – Poʻlat Mordekayev – Buxorolik yahudiylardan. Botir Zokirov ansamblida sozanda boʻlgan[19].
  • Onasi – Luiza Zokirova, qoʻshiqchi, akasi Botir Zokirov bilan duet qoʻshiqlar kuylashgan.
  • Buvasi – Karim Zokirov (1912—1977), opera qoʻshiqchisi (bariton), solist Alisher Navoiy nomli Oʻzbekiston Davlat opera va balet teatri solisti.
  • Buvisi – Shohistá Saidova – qoʻshiqchi, xalq qoʻshinlari ijrochisi, Muqumiy nomidagi Toshkent musiqa teatri solisti.
  • Togʻasi – Botir Zokirov, (1936 – 1985), sovet qoʻshiqchisi, yozuvchi, rassom va aktyor. Oʻzbekiston SSSR xalq artisti.
  • Togʻasi – Farrux Zokirov, qoʻshiqchi, Yalla ansambli rahbari, Oʻzbekiston SSSR xalq artisti.
  • Togʻasi – Jamshid Zokirov (1949—2012), teatr va kino aktyori, televideniye boshlovchisi, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist.
  • Turmush oʻrtogʻi – Fillip Balzano, qoʻshiqchi, musiqachi.

Nargiz Zokirova hozirda uch farzandning onasi. Qizi, Sabina (birinchi turmushdan Ruslan Sharipov), oʻgʻli Auel va kichik qizi Leyla.

  1. „Н. Закирова - Команда Леонида Агутина - Голос“ (ru). 1tv.ru. 2013-yil 4-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 3-oktabr 2013.
  2. 2,0 2,1 2,2 „Племянница Фарруха Закирова Наргиз Закирова участница очередного сезона проекта "Голос"“ (ru). mezon.uz. 2013-yil 4-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 3-oktyabr. (Wayback Machine saytida 2013-10-04 sanasida arxivlangan)
  3. „Бритая татуированная Наргиз Закирова взорвала "Голос"“ (ru). piter.tv.
  4. „Наргиз Закирова: фото, биография, фильмография, новости - Вокруг ТВ.“ (en). Вокруг ТВ. 2021-yil 29-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 16-avgust.
  5. „Вся творческая семья Закировых гордится выступлением Наргиз Закировой на российском телепроекте «Голос»“ (deadlink). Mezon.Uz (2013-yil 29-sentyabr). 2013-yil 2-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 18-noyabr.
  6. „Батыр Закиров“ (deadlink). Музыкальное обозрение. 2013-yil 3-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 22-noyabr.
  7. „Наргиз Закирова: «Появление перед зрителями для меня всегда праздник!»“ (deadlink). Mezon.Uz (2013-yil 8-noyabr). 2013-yil 11-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 18-noyabr.
  8. Прощай, Пулат Мордухаев! // The Bukharian Times : газета. — 3-9 мая 2013. — № 586. — С. 42—43. Архивировано 13 oktyabr 2013 года.
  9. „Резник: «Татуированная Наргиз Закирова из шоу „Голос“ начинала с моих песен»“. Piter.TV (2013-yil 24-oktyabr). 2020-yil 6-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 18-noyabr.
  10. „Участница проекта «Голос» Наргиз Закирова: Справиться с депрессиями мне помог муж“. Комсомольская правда (2013-yil 13-noyabr). 2020-yil 6-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 4-noyabr.
  11. Советское телевидение. ГОСТЕЛЕРАДИОФОНД России. „Юная Наргиз Закирова в передаче «…до 16 и старше» (1988)“ (2018-yil 25-aprel). 2020-yil 19-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 26-aprel.
  12. „Наргиз Закирова: «Ради «Голоса» я отказалась от телешоу в Америке»“. Комсомольская правда (2013-yil 1-oktyabr). 2020-yil 25-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 27-sentyabr.
  13. „Наргиз Закирова: «Сначала я влюбилась в его голос, а потом и в него самого...»“. 1tv.ru (2013-yil 18-noyabr). 2014-yil 6-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 18-noyabr.
  14. „Финалистами «Голоса» стали Волчков, Кузнецова, Гуралиа и Закирова“. Комсомольская правда (2013-yil 20-dekabr). 2020-yil 27-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 21-dekabr.
  15. „Наргиз Закирова про "Голос": Я не выиграла, я победила!“. Piter.tv (2014-yil 6-fevral). 2020-yil 6-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 27-fevral.
  16. „Наргиз Закирова сняла в своём клипе мужа“. Woman.ru (2014-yil 9-oktyabr). 2020-yil 6-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 8-fevral.
  17. „Наргиз Закирова восхитила самого основателя Scorpions“ (ru). mezon.uz. 2013-yil 11-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 3-oktyabr. (Wayback Machine saytida 2013-10-11 sanasida arxivlangan)
  18. Nargiz Zokirova Rossiya qonunchiligini buzgani uchun hibsga olindi, 2014-04-13da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2014-04-11
  19. „Участница проекта «Голос» Наргиз Закирова: «Желаю оставаться собой»“ (ru). Utro.uz (2 октября 2013). 2013-yil 3-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 27-sentyabr. (Wayback Machine saytida 2013-10-04 sanasida arxivlangan)