Luna (qoʻshiqchi)
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (May 2024) |
Luna (qoʻshiqchi) | |
---|---|
Tavalludi |
Kristina Viktorovna Gerasimova 28-avgust 1990-yil |
Janrlar | Indie pop, Electropop, synthpop, trip hop |
Kasbi | qoʻshiqchi, qoʻshiqnavis, fotomodel, fotograf |
Faoliyat yillari | 2015-yildan hozirgacha |
Leybllar | Luna Prod. |
Fuqaroligi | Ukraina |
Turmush oʻrtogʻi | Aleksandr Voloshchuk |
Luna (haqiqiy ismi Kristina Viktorovna Gerasimova, turmushga chiqqandan keyin familiyasi Bardash; ukraincha: Христина Вікторівна Герасимова; 1990-yil 28-avgust, Chemnitz, Dresden, Germaniya Demokratik Respublikasi) — ukrainalik qoʻshiqchi, qoʻshiqnavis[1], model va fotograf[2]. 2018-yildan „Luna“ musiqiy loyihasining prodyuseri.
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bolaligi va yoshligi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Kristina Gerasimova 1990-yil 28-avgustda Dresden okrugi Chemnitz shahrida harbiy oilada tugʻilgan[1][3]. Kristinaning Alina Shufrich ismli singlisi bor. Kristina bolaligida musiqa maktabida vokal, solfejio va pianino boʻyicha oʻqigan, yoshligida esa universitetning jurnalistika fakultetida tahsil olgan[4].
Shaxsiy hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]2012-yildan 2018-yilgacha Luna eri Yuriy Bardash („Gribi“ ukrain rap guruhining prodyuseri va vokalchisi[5]) bilan birga yashagan. Ularning Georgiy ismli oʻgʻli bor, Georgiy 2012-yilda oila Los-Anjelesda yashayotgan paytida tugʻilgan[6].
2021-yilda Luna oʻz guruhining gitarachisi Aleksandr Voloshchukga turmushga chiqadi[7].
Luna spirtli ichimliklarni isteʼmol qilmaydi, vegetarian boʻlib, sogʻlom turmush tarzini olib borishga harakat qiladi[8]. Intervyularidan birida baʼzan chekishini aytb oʻtgan[9]. Luna kuniga ikki soat meditatsiya qiladi[8] va yoga bilan shugʻullanadi[10].
Yakkaxon faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]2016-yil 20-may kuni Kiyevda „Mag-ni-ti“ debyut albomining taqdimoti boʻlib oʻtdi[11], albom Ukrainada iTunesning top-20 taligiga kirgan. 23-may kuni elektron musiqa ijrochisi Shumnoning "Snowfall" albomi chiqadi, albomda Lunaning „Wake“ qoʻshigʻi ham joy olgan. Shundan soʻng kuzgi „Zatmeniye“ gastroli boʻlib oʻtib, gastrol davomida Luna Moskva, Yekaterinburg va Rigada konsert beradi.
2016-yil 28-oktyabrda qoʻshiqchi „Grustniy dens“ mini-albomini chiqaradi.
2017-yil 7-noyabrda „Ostrov svobodi“ albomi chiqadi[12], albomda qoʻshiqchining sakkizta qoʻshigʻi joy olgan. IKeyingi albomi „Zakoldovanniye sni“ deb nomlangan boʻlib[13], 2018-yil 24-oktyabrda chiqqan. Albomga 11 ta qoʻshiq kiritilgan. Albom prodyuserlari Kristina Gerasimova va Aleksandr Voloshchuk. Albom Ukrainaning iTunes chartida 1-oʻrinni va Rossiyaning iTunes chartida 2-oʻrinni egallagan.
2019-yil 4-oktyabrda xonanda oʻzining toʻrtinchi „Trans“ deb nomlangan albomini chiqardi[14], unda elektron musiqa uslubidagi 10 ta qoʻshiq joy olgan.
2020-yil 14-avgustda xonanda oʻzining beshta raqs trekida iborat Fata Morgana nomli ikkinchi mini-albomi chiqaradi[15].
2023-yil may oyida Luna "Illusion" nomli albomini chiqaradi, bu toʻliq ukrain tilida yozilgan qoʻshiqlarni oʻz ichiga olgan ilk albomidir[16][17].
Boshqa loyihalardagi faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]2020—2021 yillarda Luna Aleksandr Voloshchuk bilan birgalikda Der Diktatur elektron loyihasini tashkil qiladi va uning doirasida faqat konsertlarda (relizlarsiz) chiqish qilishadi[18].
2021-yilda qoʻshiqchi oʻzining Luna Prod leybli uchun xonanadalarni yollashni boshladi. Undagi biirinchi ijrochi knyaz Volodimir taxallusi ostida ijro etgan Vladimir Prudkiy boʻlgan[19] .
Luna ommaviy axborot vositalari va reklamada
[tahrir | manbasini tahrirlash]Kristina Gerasimova haqida yozgan birinchi ommaviy nashrlardan biri Vogue[20] va i-D[21] jurnallari boʻlib, uni 2016 yilda Ukraina musiqiy inqilobining yulduzi deb atashadi. Bir necha yillar davomida Luna ommaviy axborot vositalarida va Internetda[22][23][24][25][26][27][28][29][30][31], yuzlab nashrlarda paydo boʻladi[32][33][34][35]. Qoʻshiqchi Numéro, BLVD, Stolnik, SNC, Vegetarian kabi jurnallarning muqovalarida ham paydo boʻlgan. 2016-yilda Luna Ivan Dorndan intervyu oladi. Intervyu Interview jurnalining veb-saytida chop etiladi[36].
Lunaning hamkori va homiysi Apple Music xizmatidir (Apple bilan hamkorlik doirasida Kristina Gerasimova kompaniyaning yuzi boʻlgan, shuningdek, „Jukebox“ videoklipini toʻliq iPhoneda suratga olgan). Luna telekoʻrsatuvlardan chiqmaslik xohishiga qaramay, uni ikki marta Birinchi kanaldagi „Vecherniy Urgant“ koʻrsatuviga taklif qilishadi: 2017-yil 27-noyabrdagi epizodda qoʻshiqchi „Jukebox“ qoʻshigʻini[37] va 2019-yil 4-oktyabrda „Sirenevy ray“ qoʻshigʻini jonli ijro etadi[38] . 2017-yil 26-dekabrda Luna Mixail Kozirevning „Zdes i seyvhas“ telekoʻrsatuvining qahramoni boʻladi, unda Luna bilan intervyu beradi, boshlovchi yana qoʻshiqchi va uning „Ogonyok“ videoklipini yilning musiqiy kashfiyoti deb ataydi[39].
2018-yil noyabr oyida Luna Tatler jurnaliga intervyu beradi, unda Luna oʻzining „Luna“ musiqiy loyihasi haqida gapirgan. Shuningdek, intevyuda qoʻshiqchi familiyasini qizlik familiyasi Gerasimovaga oʻzgartirganini eʼlon qiladi[40].
2019-yil 14-fevralda The Flow portali „Pevitsa Luna uspeshna“ filmini taqdim etadi, unda intervyuga qoʻshimcha ravishda Lunaning konsert gastrolining videolavhalari taqdim etilgan[41]. 2019-yil mart oyida Luna „Vidstoyuy Rivnist“ („Tenglikni himoya qil“) shiori bilan BYHMC (Babiu Yar holokost yodgorlik markazi) nodavlat notijorat fondining #DrawYourValues axborot kampaniyasida ishtirok etadi[42].
2019-yil 17-may Xalqaro gomofobiya, transfobiya va bofobiyaga qarshi kurash kunida Ukrainadagi LGBT hamjamiyatini qoʻllab-quvvatlash uchun „Boritesya — poborete!“ loyihasida ishtirok etadi[43].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 Александр Кондуков. „Сторона Луны: Кристина Бардаш о вдохновении Калифорнии и российских концертах“. Rolling Stone (2016-yil 17-dekabr). 2018-yil 19-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 24-dekabr.
- ↑ „Интервью с Кристиной Бардаш, фотографом-киевлянкой, которая переехала в ЛА“. 2019-yil 29-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 27-avgust.
- ↑ Иван Дорн. „Луна: Правда такая, что как я скажу, так и будет“. Interview (2016-yil 26-avgust). 2018-yil 18-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 1-dekabr.
- ↑ „Трендсеттер: Кристина Луна“. 2018-yil 4-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 27-avgust.
- ↑ „Источник“. 2019-yil 29-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 27-avgust.
- ↑ „This Is the Face of Ukraine’s Musical Revolution“. 2017-yil 7-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 27-avgust.
- ↑ „Певица Луна вышла замуж“ (ru-RU). kp.ua. 2021-yil 24-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 24-avgust.
- ↑ 8,0 8,1 „«Украина — священная земля» Певица Луна о музыкальной революции в Киеве и нежелании жить как Эми Уайнхаус“. Lenta.ru (2017-yil 29-iyun). 2017-yil 2-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 3-iyul.
- ↑ „Певица Луна — о киевской тусовке, разводе и новом альбоме“. The Village. 2018-yil 25-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 24-oktyabr.
- ↑ „Новое имя: Украинская поп-певица Луна“. Wonder. 2018-yil 10-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 25-oktyabr.
- ↑ „Певица Луна представит дебютный альбом в Киеве“. 2017-yil 10-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 27-avgust.
- ↑ „Луна выпустила клип на песню "Друг"“. Vogue Ukraine (2017-yil 27-oktyabr). 2019-yil 29-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 24-iyun.
- ↑ „Певица Луна — о новом альбоме «Остров свободы», феминизме, панических атаках, сексе, 90-х и Крыме“. Meduza (2017-yil 17-noyabr). 2018-yil 4-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 24-iyun.
- ↑ „Транснадежность: Как рабочая этика помогла Луне взлететь так высоко“ (ru). The Village. 2021-yil 24-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 24-avgust.
- ↑ „Плейлист недели: Little Big, «Аигел» и Луна“ (ru). Газета.Ru. 2021-yil 1-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 24-avgust.
- ↑ „Луна "Illusion"“ (ru). The-Flow.ru. 2023-yil 28-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 28-may.
- ↑ „Грустный дэнс есть у нас дома «Медуза» рассказывает, как война разрушила уникальное российско-украинское музыкальное пространство — и кто в России пытается занять место талантливых артистов из Украины“ (ru). Meduza. 2023-yil 7-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 7-sentyabr.
- ↑ Vogue.ua. „Der Diktatur: новый проект певицы Луны и Саши Волощука“. Vogue UA. 2021-yil 24-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 24-avgust.
- ↑ „Слушайте дебютный релиз Князя Володимира — первого артиста лейбла Луны“ (ru-RU). DTF MAGAZINE | DONʼT TAKE FAKE (2021-yil 16-avgust). 2021-yil 24-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 24-avgust.
- ↑ Liana Satenstein. „This Is the Face of Ukraine’s Musical Revolution“. Vogue USA. Vogue (2016-yil 24-avgust). 2018-yil 12-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 24-oktyabr.
- ↑ Anastasiia Fedorova. „meet luna, the star of the ukranian musical revolution“ (en). i-D (2016-yil 3-noyabr). 2018-yil 25-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 24-oktyabr.
- ↑ „#«ЛУНА»“. GQ. GQ. 2018-yil 25-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 24-oktyabr.
- ↑ „Кристина Бардаш (Луна) о ментальных проблемах“. Esquire. Esquire. 2018-yil 25-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 24-oktyabr.
- ↑ „ПРЕМЬЕРА: ЛУНА ПРЕЗЕНТОВАЛА КЛИП НА ПЕСНЮ JUKEBOX“. Elle. Elle. 2018-yil 25-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 24-oktyabr.
- ↑ „Самый модный санаторий в новом клипе Луны“. Esquire. Harper’s Bazaar. 2018-yil 25-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 24-oktyabr.
- ↑ „Певица Луна сняла клип на песню «Поцелуи» на кладбище и в квартире своей бабушки“. Cosmo.ru. Cosmopolitan. 2018-yil 25-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 24-oktyabr.
- ↑ „ЛУНА“. Buro 24/7. Buro 24/7. 2018-yil 25-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 24-oktyabr.
- ↑ „Луна: «Больше всего я восхищаюсь музыкантами из моего коллектива»“. Grazia. Grazia. 2018-yil 25-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 24-oktyabr.
- ↑ „«Мне не нравится, что женщина должна бороться. Она должна кайфовать!»“. Meduza. Meduza. 2018-yil 4-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 24-iyun.
- ↑ „«Украина — священная земля». Певица Луна о музыкальной революции в Киеве и нежелании жить как Эми Уайнхаус“. Lenta.ru. Lenta.ru. 2017-yil 2-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 29-iyun.
- ↑ „Певица Луна — о киевской тусовке, разводе и новом альбоме“. the-village. The Village. 2018-yil 25-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 24-oktyabr.
- ↑ „«Все мои хиты писались в спальне на подоконнике»: интервью певицы Луны о том, почему она работает над песнями в одиночку и часто ли танцует на роялях — Здесь и сейчас“. tvrain.ru. Дождь (телеканал). 2018-yil 25-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 24-oktyabr.
- ↑ „Украинская певица рассказала о волнении из-за "всплеска либидо"“. Дни.ру. Дни.ру. 2018-yil 25-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 24-oktyabr.
- ↑ „Певица Луна выпустила новый клип на песню Free Love“. Собака.ru. Собака.ru. 2018-yil 25-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 24-oktyabr.
- ↑ „Афиша событий на сентябрь: куда пойти в Киеве?“. liza.ua. Лиза. 2020-yil 29-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 24-oktyabr.
- ↑ „Луна — о хайпе, продюсерских ходах и «Грибах»“. daily.afisha.ru. Афиша. 2018-yil 25-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 25-oktyabr.
- ↑ „Вечерний Ургант. Луна — «Jukebox» (27.11.2017)“. YouTube.com. YouTube. 2018-yil 19-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 25-oktyabr.
- ↑ „Луна - "Сиреневый рай". Вечерний Ургант. 04.10.2019“ (ru-RU). 2021-yil 26-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 26-avgust.
- ↑ „«Все мои хиты писались в спальне на подоконнике»: интервью певицы Луны о том, почему она работает над песнями в одиночку и часто ли танцует на роялях“. tvrain.com. Дождь (телеканал). 2018-yil 25-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 24-oktyabr.
- ↑ „Певица Луна отвечает на ваши запросы в Google“. tatler.ru. Tatler. 2018-yil 27-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 27-noyabr.
- ↑ „"Певица Луна успешна": премьера фильма-интервью о Луне“. The-flow.ru. The Flow. 2019-yil 30-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 30-mart.
- ↑ „#DRAWYOURVALUES. ЛУНА ПРО СИЛУ ЛЮБОВІ, НЕЗАЛЕЖНІСТЬ ТА ВМІННЯ РАДІТИ ЖИТТЮ“. Babynyar.org. BYHMC. 2019-yil 30-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 30-mart.
- ↑ „12 зірок долучилися до кампанії КиївПрайду "Борітеся – поборете!"“. rbc.ua. 2023-yil 2-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 2-yanvar.