Kontent qismiga oʻtish

Lut

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Lut (arabcha: لوط‎‎ )
Fayl:Quran1.gif
Boshqa dinlarda : nas
yahud. —

Jinsi : erkak
Turkum: Paygʻambar
Manzili: Suriya, Falastin
Paygʻambarlik hayoti: Tasdiqlovchi
Zikr qilingan oyatlar: 27 marotaba(Qur'onda),
Tugʻilgan joyi' sanasi: Eramizdan avvalgi 19-asrda
Harron
Vafoti sanasi va joyi: Eramizdan avvalgi 19-asrda
Hijozda
Kolichestvo
projitix let:
Taxminan 80 yoshdan 168 yoshgacha
Moʻjizalari: Sadum voqeasi va Farishtalar bilan suhbati
Bogʻlangan voqealar: Sadum qavmining falokati
Zamonasidagi shahslar: Ibrohim va Lutning ayoli

Lut alayhis-salom — Qur’onda nomi zikr etilgan payg‘ambarlardan biri. Harron shahrida (Mesopotamiya) da tavallud topib, Ibrohim alayhis-salom bilan birga Falastinga borgan. Sadum, Amura va uning atroflaridagi yerlarda chorvachilik bilan shugullangan. Payg‘ambarlik darajasiga yetishgach, odamlarga pand-nasihat qilgan, Allohning birligiga imon keltirishga chaqirgan. Biroq, axloqi buzuq Sadum aholisi bachchavozlik odatini tark etmay, Lut alayhis-salomning o‘zini bu yurtdan haydab chiqarmoqchi bo‘ladi. Farishtalar unga oilasi va imonli kishilar bilan birga (xotinidan tashqari, chunki xotini Allohning qahriga uchragan edi) shahardan chiqib ketishni buyurganligi rivoyat qilinadi. Qur’onning "Hijr" surasi, 61-65-oyatlari va 74-oyatida bayon qilingan. Lut alayhis-salom ma’lum masofaga yetib olgach, shahar ostin-ustun qilib yuborilgani, qavm ustiga sopol tosh yog‘dirtirilgani bayon etilgan. Hozir bu dinsiz qavm yashagan shahar o‘rnida dengiz mavjud bo‘lib, u O’lik dengiz va Lut oroli deb nomlanadi.

Lut alayhis-salom Qur'oni Karimda 27 marotaba zikr qilingan.

Shuaro surasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • 160. Lut qavmi payg‘ambarlarni yolg‘onchi qildi.
  • 161. O’shanda Ularga birodarlari Lut aytgan edi: «(Allohdan) qo‘rqmaysizlarmi?
  • 162. Albatta men sizlar uchun ishonchli payg‘ambardirman. Bas, Allohdan qo‘rqinglar va menga itoat etinglar!
  • 164. Men bu (da’vatim) uchun sizlardan ajr-mukofot so‘ramayman. Mening mukofotim faqat barcha olamlarning Parvardigori zimmasidadir.
  • 165. Sizlar butun olamlardan (ajrab) hech bir jon-zot qilmagan ishni qilib erkaklarga yaqinlashurmisizlar?! Va Parvardigoringiz sizlar uchun yaratgan jufti halollaringizni tark qilurmisiz?! Yo‘q, sizlar haddan oshuvchi qavmdirsizlar».
  • 167. Ular dedilar: «Qasamki, agar to‘xtamasang, Lut, albatta surgun qilinguvchilardan bo‘lursan».
  • 168. U «Albatta men sizlarning (bu) ishlaringizni yomon ko‘rguvchilardanman.
  • 169. Parvardigorim, menga va ahlimga (ya’ni menga iymon keltirgan kishilarga) ular (kofirlarning) qilayotgan amallari (oqibati) dan najot bergin)».
  • 170. Bas Biz unga va uning barcha ahli tobe’lariga najot berdik.
  • 171. Magar (azob ostida) qolguvchilardan bo‘lgan bir kampirga (ya’ni Lutning iymonsiz bo‘lgan xotiniga najot bermadik).
  • 172. So‘ngra boshqalarni ham halok qildik.
  • 173. Va ularning ustiga (tosh) yomg‘ir yog‘dirdik. Bas (azob haqida) ogohlantirilgan (lekin o‘zlarining yaramas qilmishlaridan qaytmagan) kimsalaring yomg‘iri naqadar yomon bo‘ldi.
  • 174. Albatta bunda (Lut va uning qavmi haqidagi qissada) oyat-ibrat bordir. (Lekin odamlarning) ko‘plari iymon keltirguvchi bo‘lmadilar.
  • 80-81. Lut (payg‘ambar) o‘z qavmiga: «Shunday buzuqlik qilasizlarmi? Axir sizlardan ilgari butun olamlardan biron kimsa bunday qilmagan edi-ku?! (Nahotki) sizlar xotinlaringizni qo‘yib, nafsingizni qondirish uchun erkaklarga borsangiz?! Yo‘q, sizlar haddan oshuvchi qavmdirsiz», deganini eslang!
  • 82. Qavmning javobi esa faqat mana bundan iborat bo‘ldi: «Ularni (ya’ni Lut va tobe’larini) qishlog‘ingizdan chiqarib yuboringiz! Chunki ular haddan ortiq pokiza odamlar ekan».
  • 83. Bas, unga va ahliga (ya’ni Lut va unga tobe’ bo‘lgan zotlarga) najot berdik. Magar uning xotini (najot topmadi, chunki u) qolib halok bo‘lguvchilardan edi.*
  • 84. Ularning ustiga dahshatli yomg‘ir — tosh yog‘dirdik. Ana endi jinoyatchi — osiy qavmning oqibati (qismati) qanday bo‘lganini ko‘ring.
  • 33. Lut qavmi (u keltirgan) ogohlantirishlarni yolg‘on dedi.
  • 34. Darvoqe’, Biz ularning ustiga (tosh) bo‘ron yubordik. Magar Lut xonadonigagina tong-saharda najot berdik.
  • 35. (Bu najot) Bizning huzurimizdan bo‘lgan bir ne’matdir. Shukr qilgan kishilarni Biz mana shunday mukofotlaymiz.
  • 36. Aniqki, (Lut) Bizning (azob bilan) ushlashimizdan ularni (ya’ni o‘z qavmini) ogoxlantirgan edi, (ammo) ular ogohlantirishlardan shubhalanib, yolg‘on dedilar.
  • 37. Aniqki, ular (Lutning) mehmon(lar)ini yo‘ldan urmoqchi bo‘ldilar. Bas, Biz ularning ko‘zlarini ko‘r qilib qo‘ydik: «Endi Mening azobimni va ogoxlantirishimni totib ko‘ringlar!»
  • 38. Haqiqatan erta tongda ularga barqaror-mangu azob keldi.
  • 39. Endi Mening azobimni va ogoxlantirishimni totib ko‘ringlar!

Lut alayhis-salom haqida hozirgi zamonaviy Tavrotda bir necha ig'volar yozilgan ulardan biri. Lut va uning qizlari hikoyasidir/

Lut va uning qizlari

  • 29 - Lut istiqomat qilgan uva shaharlarini Xudo yer bilan yakson qilganda, U Ibrohimning haq uchun talaf bo'layotganlar orasidan Lutni xalos qilgan edi.
  • 30 - Lut So'ar shahridan chiqib, ikki qizi bilan tog'da yashay boshladi. Chunki u So'arda turishdan qo'rqdi va ikki qizi bir g'orda istiqomat qilaverdi.

Andoza:Payg'ambar