Kontent qismiga oʻtish

Aʼrof surasi

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(A'rof surasidan yoʻnaltirildi)
Anfol    7–sura   Anʼom
Aʼrof surasi — سورة الأعراف
Qurʼon nusxalaridan biridagi Aʼrof surasi sarlavhasi. Yuqorida oʻngdan: 1. Oyati 206, 2. Markazda qizil rangda sura tartib raqami 7, qora rangda - Aʼrof surasi va Makkiy, qizil rangda nozil boʻlgan tartibi - 39, 3. Rukuʼsi soni - 24; Pastda oʻngdan: 1. Sura:Makkiy, 2. Tilovat tartibi:7, 3. Nozil boʻlish tartibi:39, 4. Rukuʼsi:24, 5. Oyati:206, 6. Porasi (Juzi):8-9 deb koʻrsatilgan.

Suraning arabcha matni
Nomining maʼnosi Jannat bilan do‘zax o‘rtasini ajratib turadigan devor[1][2]
Tasnifi Makkiy sura[3]
Statistika
Sahifasi 151–176[4]
Juz 8-9
Sura raqami 7
Oyatlar soni 206
Sajda oyati 206-oyat[5]
Rukuʼlar soni 24[6]
Muqattaot harflari Alif, lom, mim, sod.[7]
Soʻzlar soni 3344
Harflar soni 14071
Nozil boʻlish tartibi 39[8]

Arabcha matni ar.wikisource.orgda
tanzil.netda
Tarjimalari QuranAcademy.org
quran.uzda
Tilovat tartibi
Anfol surasi  Keyingisi 7 Oldingisi  Anʼom surasi
Nozil boʻlish tartibi
Jin surasi   Keyingisi 39 Oldingisi  Sod surasi
                                   

Aʼrof surasi (arabcha: سورة الأعراف, nomining maʼnosi — Jannat bilan do‘zax o‘rtasini ajratib turadigan devor[9][10]) — Qurʼonning 7-surasi. Makkiy suralardan biri, 206 oyatdan iborat. Bu sura Qurʼonning 151–176[11]-sahifasida va 8-9-juzida joylashgan. 39-boʻlib nozil boʻlgan. U paygʻambarlar haqida batafsil hikoya qilgan birinchi suradir, Unda Nuh, Hud, Solih, Lut, Shuayb va Muso paygʻambarlarning qissalari soʻzlanadi. Avvalo shayx ul-anbiyo — paygʻambarlar oqsoqoli Nuh qissasi hikoya qilinib, u zotga oʻz qavmlari tarafidan boʻlgan qaysarlik va isyonlar natijasida ularning toʻfon balosiga giriftor etilganliklari eslatib oʻtiladi. Bu surada paygʻambarlardan, xususan, Muso alayhis-salomning qissalari batafsil zikr qilinib, u zot bilan zolim Firʼavn oʻrtasida boʻlib oʻtgan mojarolarga toʻxtab oʻtiladi va bani Isroilga berilgan noz-neʼmatlar, Allohning amr-farmonlaridan bosh tortganlaridan keyin esa boshlariga tushgan balo-musibatlar hikoya qilinadi.

Bu surada ham boshqa Makka suralarida boʻlgani kabi soʻz islomning asosi — mohiyati boʻlmish Allohning birligi, tirilish va jazo haq ekani hamda vahiy va paygʻambarlik haqiqati ustida boradi. Suraning avvalida Muhammad alayhis-salomga tushgan moʻʻjiza — Qurʼon haqida soʻzlanib, u butun insoniyat unun buyuk ilohiy neʼmat ekanligi, binobarin, dunyo va oxirat saodatiga erishish uchun uning yoʻl-yoʻriq va pand-nasihatlariga amal qilib borish lozimligi uqtiriladi.

Yana bu surada Alloh bergan ilmni mol-dunyo topish uchun birovlarga ziyon yetkazish yoʻlida suʼiisteʼmol qilgan olimlar qattiq qoralanib, ular tillari osilib, hansirab turadigan itlarga oʻxshatiladi. Va nihoyat, bu surada qiyomat kunidagi holat tasvirlanadi. U kuni kishilar uch toifaga boʻlinadilar: hayotlarini iymon va yaxshi amallar bilan oʻtkazgan kishilar ahli jannat, kofirlik va oʻzlariga ham, oʻzgalarga ham yomonlik qilish bilan oʻtgan kimsalar doʻzax egalari boʻladilar; qilgan yaxshiliklari bilan yomonliklari barobar kimsalar esa „Aʼrof“ egalari boʻladilar. Aʼrof — jannat bilan doʻzax oʻrtasini ajratib turadigan devor boʻlib, uchinchi toifaga mansub odamlar uning ustida Alloh oʻzlarini jannatgami yoki doʻzaxgami hukm qilishini kutib turadilar. Bu surada mana shu holatning tasviri oʻz ifodasini topgani uchun „Aʼrof“ deb atalgan.

  1. Qurʼoni Karim tarjimasi va sharhi. Abdulaziz Mansur
  2. Qurʼoni Karim maʼnolari tarjimasi. Alouddin Mansur
  3. Qurʼonda koʻrsatilgan tasnif.
  4. 604 sahifali Qurʼonda.
  5. Qurʼonda sajda oyati belgisi qoʻyilgan oyatlar raqami.
  6. Yuqoridagi sura sarlavhasining tasviridan olingan.
  7. Qurʼondan koʻrilgan.
  8. Yuqoridagi sura sarlavhasining tasviridan olingan.
  9. Qurʼoni Karim tarjimasi va sharhi. Abdulaziz Mansur
  10. Qurʼoni Karim maʼnolari tarjimasi. Alouddin Mansur
  11. 604 sahifali Qurʼonda.
Keyingisi: Anfol surasi 7-sura — arabcha matni Oldingisi: Anʼom surasi