Kontent qismiga oʻtish

Lutfi Sarimsoqova

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Lutfi Sarimsoqova
Tavalludi 8-may 1896-yil
Vafoti 14-yanvar 1991-yil(1991-01-14)
(94 yoshda)
Toshkent
Oʻzbekiston SSR
SSSR
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR
Rossiya imperiyasining bayrogʻi Rossiya imperiyasi
Kasbi Aktrisa, qoʻshiqchi
Faoliyat yillari 1928—1977-yillar
Mukofotlari

Lutfixonim Sarimsoqova (1896.8.5, Fargʻona viloyati Rishton tumani — 1991.14.1, Toshkent) — aktrisa, xonanda. Oʻzbekiston xalq artisti (1937). Ijodiy faoliyatini 1924-yil Qoʻqon xotin-qizlar havaskorlik toʻgaragida boshlagan. Qoʻqon (1926—28), Andijon (1928—31), Margʻilon (1931 — 34) teatrlarida, Oʻzbek davlat musiqa teatrida (1934—39), Muqimiy teatrida (1940—73) ishlagan. Oʻzbekiston davlat filarmoniyasi qoshidagi dutorchi xotin-qizlar ansamblining tashkilotchisi va badiiy rahbari (1939—40). Xalq sanʼatiga xos boʻlgan soddalik va mukammallik, oʻtkir hajv va zakovat, samimiyat va qudrat, mazmundorlik va taʼsirchanlik kabi hislatlar S. ijodiy uslubining asosini tashkil kidali. S. ham lirik, ham fojiaviy, ham hajviy aktrisa boʻlib, xalq qoʻshiklarining mohir ijrochisi, hozirjavob askiyachi, usta raqqosa va yaxshigina dutorchi sifatida ham tanilgan. Koʻqon teatrida sahnalashtirilgan "Arshinmololon" (U.Hojibekov) musiqali komediyasida dastlab Zebo, keyinroq Jahon xola, Gulchexra, "Layli va Majnun", "Farhod va Shirin" (Xurshid) spektakllarida Layli va Shirin obrazlarini yaratgan. Tugʻma isteʼdod, shijoat, oʻz kasbiga muhabbat, harakatchanlik natijasida Adelma (K. Gotssi, "Malikai Turandot"), Smeraldina (K.Goldoni, "Ikki boyga bir malay"), Tursun (V.Yan, Choʻlpon, "Hujum") kabi obrazlarni mahorat bilan yaratdi. Aktrisa ijodida, asosan, 2 yoʻnalish yetakchilik qildi: biri liroepik tarzdagi mushtipar onalar obrazi boʻlsa, ikkinchisi salbiy va satirik rollardir. Ikkala yoʻnalishda ham S. chinakam mahorat choʻqqilarini egalladi. Oysara (K.Yashin, "Gulsara"), Ona (Gʻ. Zafariy, "Halima"), Yosuman (Xurshid, "Farhod va Shirin") rollari bunga misoddir. S, ayniksa Yosuman obrazini xalq sanʼati vositalari yordamida yuksak badiiy umumlashma darajasiga koʻtardi. Uni yovuzlik, razillik, makrhiyla timsoli sifatida gavdalantirdi. "Maysaraning ishi" (Hamza) komediyasidagi Maysapa obrazida oʻz imkoniyatlarini ayol erki va qadrqimmatini himoya qilishga qaratgan boʻlsa, "Paranji sirlari"dagi Mastura satang obrazida, aksincha, aklidroki va kuchqudratini ayollarning huquq va tuygʻularini poymol qilishga sarflaydi. Xalcha xoda ("Kurbon Umarov"), Xayri xola ("Oftobxon"), Jamol opa ("Oltin koʻl"), Risolat chevar ("Muqimiy"), Xadicha xola ("Fargʻona tong otguncha") kabi mushtipar, munis onalarning rangbarang obrazlari bilan oʻzbek teatri va aktyorlik sanʼati rivojiga katta hissa qoʻshgan. Ayniqsa, S. ijrosidagi Kimyo ("Nurxon") obrazi oʻz jigarbandining erkin nafas olishi uchun har qanday qiyinchiliklarga bardoshli, oq koʻngil onalar obrazining mumtoz namunasi boʻlib, ijrosi soddaligi, goʻzalligi bilan ajralib turadi.

S. oʻzbek kino sanʼati taraqqiyotiga ulkan hissa qoʻshgan. Uning kino rollari sahna faoliyatining davomi boʻlib, bu yerda ham mehribon, munis, jafokash oʻzbek onalari obrazini yaratgan. Ona ("Qasam"), Sharofat ("Opasingil Rahmonovalar") va boshqa obrazlarda aktrisa oʻziga xos qiyofa kasb etdi. S. eng kichik rolni ham nihoyatda mohirlik bilan ijro etib, unga ulkan mavzu va hayotiy haqiqatni mujassamlashtirgan, mustaqil va yirik obraz yarata olish mumkinligini telba ayol ("Farzandlar") roli bilan isbotladi. Aktrisaning kino sanʼatidagi haqiqiy isteʼdodi va maxrrati Mexriniso ("Maqallada duvduv ran"), Fotima opa ("Sen yetim emassan") obrazlarida toʻla namoyon boʻldi. Mexriniso obrazi orqali oddiy onalarning feʼlatvori va ruhiyatini tabiiy boʻyoklar bilan ifodalagan boʻlsa, Fotima opa obrazida 14 yetim bolani oʻz bagʻriga olib tarbiyalagan oʻzbek ayolining oq koʻngil, kuyunchakligi, sahovati, odamiyligi va buyuk irodasini yuksak mahorat bilan yetkaza oldi. S. xonanda sifatida "Kuling", "Oʻzgancha", "Yoryor", "Hakkalakam oʻynasam man", "Jambilxon", "Yorginam", "Omon boʻlaylik", "Qilpillama" kabi oʻzbek xotin-qizlarining xalq ashula, qoʻshiq va laparlarini mahorat bilan ijro etgan.

S. hayoti va ijodiga bagʻishlangan "Aya" (1976), "Lutfixon aya" hujjatli filmlari ishlangan. Vafotidan soʻng "Buyuk xizmatlari uchun" ordeni bilan mukofotlangan (2001).[1]

Lutfi Sarimsoqova 1896-yil 8-mayda Fargʻona viloyati, Qoʻqon uyezdi, Rishton tumanida[2][3] kambagʻal dehqon oilasida tugʻilgan.

Kasb tanlashda sayyor teatr truppasi Hamzaning 1920-yillarda Rishtonda „Boy va mehnatkash“, „Maysaraning nayranglari“, „Burqa sirlari“ spektakllaridagi chiqishlari katta taʼsir koʻrsatdi.

Birinchi Rus inqilobi keyingi yillarda - havaskor teatr tomoshalarida ishtirok etdi. 1925-yili Qoʻqonda professional sahnada chiqish qila boshlaydi. 19261928 yillarda - Qoʻqon teatri aktrisasi (1927-yildan - Fargʻona tumani davlat truppasi, hozirgi Xamza nomidagi Qoʻqon musiqali drama teatri), 19281931-yillarda - Andijon teatri (keyinchalik - Yu. Oxunboboev nomidagi Andijon viloyat musiqali drama va komediya teatri, hozir - Z.M.Bobur nomidagi), 19311934-yillarda —— Fargʻona teatri (hozirgi Yu.-Q. Shakarjonov nomidagi Fargʻona oʻzbek drama teatri) (boshqa maʼlumotlarga koʻra - Margʻilon teatrida[3])da faoliyat olib boradi. 19341939 va 19401973-yillarda — Toshkentdagi Oʻzbek musiqali drama teatri (1939-yilda ajralib chiqqandan keyin - Muqimiy nomidagi Oʻzbek musiqali drama va komediya teatri) aktrisalik qiladi.

19391940-yillarda — Toshkentdagi Oʻzbekiston Davlat filarmoniyasi qoshidagi — dutor ayollar ansambli tashkilotchisi va badiiy rahbari.

Qoʻshiqchilik faoliyaini ham olib borgan[4].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  2. Большая советская энциклопедия. Гл. ред. А. М. Прохоров, 3-е изд. Т. 22. Ремень — Сафи. 1975. 628 стр., илл.; 37 л. илл. и карт.
  3. 3,0 3,1 „Лютфиханум Сарымсакова“. 2015-yil 12-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 18-may.
  4. „Lutfixonim Sarimsoqova - Vikipediya“. 2019-yil 17-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 18-may.