Kontent qismiga oʻtish

Lutfiya Kabirova

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kabirova Lutfiya Rashidjonovna
Tavalludi 7-oktyabr, 1932-yil
Vafoti 19-may, 2013-yil
Dushanbe, Tojikiston
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSRTojikiston bayrogʻi Tojikiston

Kabirova Lutfiya Rashidjonovna (1932-yil 7-oktyabr, Samarqand viloyati, Oʻzbekiston SSR, SSSR – 2013-yil 19-may, Dushanbe, Tojikiston) – sovet va tojik opera xonandasi. SSSR xalq artisti[1].

Kabirova Lutfiya Rashidjonovna 1932-yil 7-oktyabrda Oʻzbekiston SSRga qarashli boʻlgan Samarqand viloyatida tugʻilgan. Samarqandda oʻrta taʼlimni olgach, 1945-yil Stalinobod musiqa texnikumiga qabul qilinadi. U yerni 1949-yil muvaffaqiyatli tamomlaydi. Lutfiya Kabirova 1950-yil Moskva shahriga koʻchib boradi. U yerda ustozi Dora Belyavskayadan operani mukammal oʻrganishni boshlaydi. Shu orada Moskva konservatoriyasiga qabul qilinadi. U yerni 1954-yilda tamomlaydi. Xuddi shu yili Sadriddin Ayniy nomidagi Tojikiston opera va balet teatrida oʻz faoliyatini boshlaydi. U rus va tojik operalarini ijro etgan. Lutfiya Kabirova haqida sovet va tojik etnografi Nizom Nurjonov shunday deydi:

Uning ovozi yoqimli va go‘zal, sahnaga chiqqan payt tomoshabinni qanday jalb qilishni bilgan. U ashulasi orqali qahramonning ichki tuygʻularini, kechinmalarini mohirona yetkazib bera olgan.

Lutfiya Kabirova Polsha, Eron, Misr, Germaniya, Belgiya, Daniya, Avstriya, Turkiya kabi mamlakatlarda xizmat safarida boʻlgan. Lutfiya Kabirova 2013-yil 19-mayda Tojikiston Respublikasi Dushanbe shahrida vafot etadi[2]. „Luchob“ qabristoniga dafn etilgan.

Lutfiya Kabirova 1954-yil Balasanyanning „Baxtiyor va Niso“, 1957-yil Sayfiddinovning „Poʻlat va Gulrux“, 1961-yil Urbaxning „Olijanob kuyov“, 1967-yil Sabzanovaning „Malohat“, Chaykovskiyning „Kelinlar malikasi“, „Mazeppa“, „Yevgeniy onegin“ hamda Verdining „Otello“ asarlariga bagʻishlab operalar ijro etdi.

Mukofot va unvonlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Lutfiya Kabirova 1957-yil „Tojikistonda xizmat koʻrsatgan artist“ unvonini oldi. 1967-yilda esa „Tojikiston SSR xalq artisti“ unvoni, 1977-yili „SSSR xalq artisti“ unvoni bilan taqdirlangan. SSSR Oliy Kengashining 1957-yildagi qaroriga asosan, Lutfiya Kabirova Sotsialistik Mehnat Qahramoni ordeni bilan mukofotlangan.