Kontent qismiga oʻtish

Lyu Ban

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Lyu Ban (miloddan avvalgi 256-195 yillar) — Xan sulolasining asoschisi va birinchi imperatori.

Imperator ismlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Asli ismi — Lyu Ban
  • Ibodatxona nomi — Xan Gaozu.
  • Ikkinchi ism — Ji.

Lyu Ban mil. avv. 256-yilda Sin imperiyasining Sishui viloyatining Pey okrugida (hozirgi Tszyansu viloyati hududida) tugʻilgan. Yoshligida u viloyat (tinzhang) boshligʻi edi. Keyinchalik, u Chen Sheng va Vu Guang qoʻzgʻoloniga qoʻshilib, oʻzini Pey Gong (Pey mintaqasi shahzodasi) deb eʼlon qiladi. Sunmen (xitoy bayrami) ziyofatida Lyu Banga suiqasd uyushtiriladi, lekin u maslahatchisi Chjan Lian rejasiga amal qilib, qochishga muvaffaq bo‘ldi. Lyu Ban keyinchalik Xan-van unvonini oldi. U kuchga ega boʻlib, Xan Sinni qoʻllab-quvvatladi va uni general unvonini berdi, Chensangda u aldamchi hiyla qildi va Syan Yuga hujum qildi. Ularning qarama-qarshiligi 4 yil davom etdi, natijada Lyu Ban Sian Yuni magʻlub etdi va Xan sulolasiga asos soldi. Lyu Ban oʻzini imperator deb eʼlon qilgandan soʻng, u imperator oilasidan boʻlmagan generallar Xan Sin, Pen Yu va Yin Bu kabilardan vang(qirol) unvonini olib tashladi, faqat imperator oilasidan chiqqanlar vang unvonini oldilar. Imperator imperiyani tiklash va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish choralarini koʻrdi. U Gʻarbiy Xan sulolasining gullab-yashnashiga asos solgan[1].

  1. Ши, Цзи. «Исторические записки» (ruscha). M.: Восточная литература, 1992 — 20-bet.