Kontent qismiga oʻtish

Aralash jang sanʼati

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(MMAdan yoʻnaltirildi)
Aralash Jang San'ati
Jang sanʼati nomi (JS): Aralash Jang San'ati
Boshqa nomlari: MMA, Aralash Yakkakurash
Asos solingan sanasi: XX asr boshlari
Mamlakat:  Yaponiya

MMA („aralash jang sanʼati“ yoki "aralash yakkakurash"), turli jang saʼnati texnikalarini oʻz ichiga umumlashtirgan sport turi hisoblanadi. Boshqa jang sanʼatlaridan farqli oʻlaroq, MMAda jang qoidalari qoʻl va oyoq zarbalari, kurash va ogʻritish usularini oʻz ichiga oladi. MMAda janglar odatda 3-5 raundlar orasida 1 daqiqa tanaffus bilan, va har bir raund 5 daqiqa davom etadi. MMA atamasi ilk bor aralash sport turlari hakami, sobiq politsiya hodimi boʻlgan Jon Makkarti tomonidan qoʻllangan[1] va keyinchalik UFC, PRIDE va boshqa MMA tashkilotlari tomonidan qoʻllanish boshlangan.

UFC 74: Kley Guida va. Markus Aurelio

Aralash jang sanʼati uzoq tarixga ega va u qadimgi Xitoyga borib taqaladi. Zamonaviy MMA tarixi esa XIX asr oxirlariga borib taqaladi. Bu davrda MMA asosan gibrid formatda shakllangan va aniq bir qoidalarga ega boʻlmagan. Osiyo davlatlari(Gong Kong, Yaponiya va b.) va Amerika qitʼasi(Braziliya, Meksika, AQSH va b.)da turli formatdagi aralash jang sanʼati doirasida musobaqalar tashkil qilinib borilgan. Bu davrda MMAni dunyoga tanilishida eng katta rol oʻynagan sport ustalari Greysi oilasi, Barton Rayt, Bruce Lee, Antonio Inoki va boshqalar boʻlishgan.

MMA tashkilotlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

UFC – AQSHda tashkil qilingan ilk MMA tashkilotlaridan biri va bugungi kunga kelib, bozor qiymati daromadi boʻyicha dunyodagi eng katta kombat sport promouterlik tashkiloti[2] hisoblanadi.

ONE 165: Superlek vs. Takeru

PRIDE – Yaponiyaning dunyoga mashxur ilk MMA tashklilotlaridan biri boʻlgan. Uning ochilish marosimi 1997-yil 11-oktabrda „Tokyo Dome“ arenasida boʻlib oʻtgan. 2007-yilga kelib tashkilot ZUFFA ostida oʻz faoliyatini tugatgan. PRIDE tarixi davomida 60dan ortiq MMA kechalarini tashkil qildi va dunyoning 40 ga yaqin davlatiga translyatsiya qilindi.

ONE Championship – 2011-yil Singapurda Chatri Sityodtong va Viktor Kui tomonidan tashkil etilgan jang sanʼatlari tashkiloti[3]. Dastlab aralash jang sanʼatiga (MMA) eʼtibor qaratgan ONE, bugungi kunda muaytay, kikboksing va BJJ janglarini ham oʻtkazib keladi.

MMA Qoidalari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jangda gʻalaba odatda belgilangan vaqt oʻtgandan keyin hakamlarning qarori, hakamning toʻxtatilishi (masalan, agar raqib oʻzini himoya qila olmasa) yoki shifokor xulosasi(jarohat tufayli) bilan erishiladi. Boshqa vaziyatlarda esa, raqibni boʻysundirish, nokaut, texnik nokaut, yoki murabbiylar xohishi bilan jang gʻolibi aniqlanadi.

Agarda jangchi ogʻir yoki ketma-ket berilgan zarbalar sabab jangni davom ettirda olmasa nokaut deb topiladi, va jang raqib foydasiga hal boʻladi.

Texnik Nokaut

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Agar hakam davom etayotgan oʻyinni toʻxtatishi mumkin, agar:

  • Jangchi shu darajada dominant boʻlib qoladiki, raqib oʻzini oqilona himoya qila olmaydi va buning natijasida haddan tashqari zarar koʻradi.
  • Jangchi urilganda hushini yoʻqotayotganga oʻxshaydi
  • Jangchining kesish yoki singan suyagi kabi jiddiy jarohati bor koʻrinadi

Shifokor jangchini tekshiradi va agar uning jarohati jiddiy deb topilsa, jangni davom ettira olmaydi va raqib jangda gʻolib deb topiladi. Ammo, agar raqibning noqonuniy xatti-harakatlari natijasida jarohat olinganligi maʼlum boʻlsa, raqibga diskvalifikatsiya beriladi yoki jang bekor qilinadi.

Jangchining murabbiylari jang davomida yoki raundlar oraligʻida sochiqni tashlash orqali jangchi nomidan magʻlubiyatni eʼlon qilishi mumkin. Bunday vaziyatda murabbiylar jangchining holatidan kelib chiqib qaror berishadi.

Boʻysundirish
[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jangchi oʻyin davomida magʻlubiyatni ikki usulda tan olishi mumkin:

  • raqibning tanasiga yoki gilamiga/poliga kaft bilash urish orqali
  • ogʻzaki aytish orqali

Bunday magʻlubiyat uchun jangchi raqib tomonidan jangni davom etishiga imkon qolmaydigan vaziyatga olib kelinish kerak boʻladi.

Oʻzbekistonda MMA

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻzbekistonda qisqa tarixga ega boʻlishiga qaramay, MMA bugungi kunga kelib keng ommaga tanilgan sport turiga aylangan. Professional Oʻzbek MMA jangchilari turli xalqaro chempionatlarda qatnashib nufuzli oʻrinlarni egallab kelishmoqda.