Madeyra (daryo)
Qiyofa
Madeira | |
---|---|
Tavsif | |
Uzunligi | 1 450 |
Suv sarfi | 31 200[1] m³/s |
Joylashuvi | |
Davlat | Braziliya va Boliviya |
Madeyra (daryo) |
Madeyra yoki Madeira (portugalcha: Rio Madeira) — Boliviya va Braziliyadagi daryo, Amazonka daryosining eng yirik oʻng irmogʻi. And togʻlaridan boshlanuvchi Mamore va Beni daryolarining qoʻshilishidan hosil boʻladi. Uzunligi (Mamore daryosi bilan birga) 3200 km, havzasining maydoni 1391 ming km². Yuqori oqimida, Braziliya yassitogʻligining shim.-gʻarbiy chekkasidan oʻtgan qismida, sharshara va ostonalar hosil qiladi; Portu-Velyu shahridan boshlab Amazonka payettekisligi boʻylab oqadi. Yezda sersuv boʻladi. Oʻrtacha suv sarfi 30,5 ming m³/sek. Portu-Velyu shahridan boshlab (1060 km) kema katnaydi[2].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |