Mahmud Aliboy madrasasi
Madrasa | |
Mahmud Aliboy madrasasi
| |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Hudud | Andijon viloyati |
Shahar | Andijon |
Maktab yoʻnalishi | sunniy |
Madrasa turi | Katta madrasa |
Meʼmoriy uslub | Markaziy Osiyo meʼmorchiligi |
Binokorlik tashabbuschisi | Mahmud Aliboy |
Binokorlik | ???—1873 |
Gumbazlar soni | 5 |
Qurilish materiali | Pishgan g'isht |
Mahmud Aliboy madrasasi — Andijonda joylashgan madrasa. XIX asr oxirida qurib bitkazilgan.
Mahmud Aliboy madrasasi XIX asr oxirlarida Andijon shahrida mahalliy zodogonlardan boʻlgan Mahmud Aliboy tomonidan qurdirilgan. Qurilgan paytda madrasada beshta gumbaz mavjud boʻlgan, bugungi kunga kelib esa unda toʻrtta gumbaz mavjud. Aslida beshinchi gumbaz ham bor, lekin uning vazifasi bitiruvchi talabalarni bituruv oqshomini oʻtkazishdan iborat boʻlgan. Beshinchi gumbaz 1902-yilda Andijon zilzilasi natijasida qulab tushgan. Keyinchalik oʻsha gumbaz 1906-yilda Yusuf Ali Musayev rahbarligida majmuaning ikkinchi qavatida kichaytirilgan holda tiklanadi[1]. Madrasa hududida joylashgan minoraning balandligi 32 metrni tashkil etadi, u madrasa hovlisida joylashgan. Tarixchi olimlarning maʼlumot berishicha madrasa ustuni XIII asrga tegishli. Bu yer qayta tamirlanayotgan chor Rossiyasi hukmronligi paytida minorani buzib tashlab oʻrniga favvora qurishmoqchi boʻlishadi. Sababi Andijonda 9 balli zilzila boʻlish xavfi boʻlgan. Bu minora baribir zilzilaga dosh bera olmaydi deb hisoblashgan. Keyinchalik bu minora saqlab qolingan. Hozirgi davrda ushbu minora Andijon jome majmuasiga koʻrk bagʻishlab turibdi.
Madrasa bosh tarzi sharq tomonga qaratib qurilgan. Madrasaning bosh tarzining oʻrtasida peshtoq ham qad koʻtargan. Uning yon tomonlarida bezakli ikki minora mavjud. Burchaklaridagi gumbazlarida darsxonlari, ularning oʻrtasida ikki qavatli hujralar joylashgan. Birinchi qavatning tekis devorlarida toʻrt burchakli darchalarga panjaralar qilib mahkamlangan[2]. 1894-yil 12-iyulda Fargʻona viloyati boshqarmasi umumiy yigʻilishida Mahmud Aliboy madrasasi vaqfnomasi va uni Andijon yer-soliq komissari tomonidan tekshirilishi natijalari koʻrib chiqilgan.
Madrasa qurib bitkazilgandan keyin hijriy 1290-yilda (milodiy 1873-yil) Mahmud Aliboy Andijon qozisiga kelib madrasaga Dardak, Qori qishloq va Qoʻshtepadagi 8 ta yer uchaskasini vaqf sifatida oʻtkazishini berishini bildirgan va vaqfnoma yozdirgan[3].
Madrasaning 1902-yil zilzila natijasida shikastlangan qismlari 1971—1974, 1999—2000-yillarda qaytadan tamirlangan. Tuzilishiga koʻra madrasa koʻrinishi soʻnggi Qoʻqon xoni Xudoyorxon oʻrdasini eslatadi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Muhammadali Sobirjonov „Andijonda joylashgan Mahmud Aliboy madrasasi“. 2022-yil 2-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 24-iyun 2023-yil.
- ↑ Rustambek Shamsutdinov, Abdurahmon Is'hoqov. Andijon tarixidan lavhalar. Toshkent, Sharq 2013 — 460-bet. ISBN 978-9943-26-076-4.
- ↑ I.Alimov. Qo'qon xonligi maktab va madrasalari tarixi. Toshkent, „Fan“, 2017 — 154-bet. ISBN 978-9943-19-405-2.