Mahmud ibn Husayn ibn Ahmad Ustrushaniy
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Mahmud ibn Husayn ibn Ahmad Ustrushaniy | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlar | |
Dini | Islom |
Tanilgan sohasi | faqih |
Mahmud ibn Husayn ibn Ahmad Ustrushaniy — faqih. (vaf. 1128-yildan keyin).
Mahmud ibn Husayn ibn Ahmad Ustrushaniy oʻz davrida „Jaloluddin“ („Dinning ulugʻ kishisi“) degan sharafli unvonga ega boʻlgan hanafiy mazhabi faqihlaridan biri. Mavjud manbalarda alloma-ning nomi „Sohibu-l-fusul“ning otasi yoki Burhoniddin Margʻinoniyning shogirdi sifatida zikr etilishi, boz ustiga, uning shaʼniga qisqacha madh bitish qonuniyatga aylangani, uning ilm ahli orasida katta obroʻ-eʼtibor va hurmatga sazovor boʻlganidan darak beradi. Mahmud ibn Husayn Ustrushaniyning „Al-favoid“ („Foydalar“) nomli fiqhiy asari maʼlum. Alloma haqidagi muhim maʼlumotni Hoji Xalifa (vaf. 1657 y.) oʻzining „Kashfu-z-zunun“ asarida shunday keltiradi: "Shayx imom ajal mutaqqiy Jalolul milla va-d-din Mahmud Nosiriddin Muhammad ibn Yusuf Husayniy Samarqandiy (vaf. 1161 y.)ning „Multaqot fi-l-fatovo“ („Fatvolardagi saylanmalar“) asarini 1207-yilda Ustrushanada tajnis qilib, (yaʼni tartibga solib, qismga ajratmoq) 1219-yilda Samarqandda imlo qilgan". Bu maʼlumotlardan koʻrinib turibdiki, Ustrushaniylar oilasi 1207-1219 yillar orasida Ustrushanadan Samarqandga koʻchib oʻtgan. Shuningdek, allomaning oʻgʻli Muhammad ibn Mahmud ibn Husayn Ustrushaniy „Jomiʼ ahkomi-s-sigʻor“ („Kichik hukmlar toʻplami“) asarining xotimasida otasi va bobosi haqida shunday yozadi: „Otam Shayxul imom muttaqiy Jalolu-l-milla va-d-din muftiu-l-umma Mahmud ibn shayxul imom ajal kabir majidu-l-milla va-d-din Husayn ibn Ahmad, otamni umrini uzoq qilsin va otasini rahmat qilsin…. va kitobni 1228-yilning 28 iyul kuni kechasi tugatdim“[1]. Yuqoridagi maʼlumotga koʻra, Ustrushaniyning bobosi Husayn ibn Ahmad Ustrushaniy 1228-yildan oldin vafot etgan va otasi Mahmud esa 1228-yilda hayot boʻlgan. Shunga tayanib, Mahmud ibn Husayn Ustrushaniyning vafot sanasini 1228-yildan keyin, deb belgilasak boʻladi[2].
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻrta asr Sharq allomalari ensiklopediyasi maʼlumotlaridan foydalanilgan. |