Kontent qismiga oʻtish

Mamadali Mahmudov

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Mamadali Mahmudov (Evril Turon)
Tavalludi 12-oktyabr 1940-yil
Vafoti 16-oktyabr 2020-yil(2020-10-16)
(80 yoshda)
Kasbi yozuvchisi
Faoliyat yillari 1963-1996

Mamadali Mahmudov — taniqli oʻzbek yozuvchisi edi.

1940-yil 12-dekabrda Jizzax viloyatining Forish tumanida tugʻilgan.

Toshkent davlat universitetining filologiya fakulteti jurnalistika yoʻnalishi boʻyicha oʻqishni tamomlagan. “Saodat” jurnalida ishlagan. Evril Turon taxallusi bilan ijodini boshlagan.

Adibning birinchi kitobi 1974-yilda “Togʻ qoʻshigʻi” deb nomlanadi. U 1975-yilda “Bogʻdod boʻrisi” romanini nashr etgan. Mamadali Mahmudov 1989-1993-yillarda Oʻzbekiston madaniyat jamgʻarmasi va “Turkiston” harakatiga boshchilik qilgan.

Mamadali Mahmudov konstitusiyaviy tuzumni qoralanganlikda ayblanib, umrining 17 yilini qamoqda oʻtkazadi. Adib 2013-yil 19-aprelda ozodlikka chiqariladi. 2008-yilda Mahmudov qamoq paytida siyosiy ta’qib qurboni boʻlgan yozuvchilarga beriladigan Xelman-Gammet mukofoti va Stalin qatagʻonlari qurbonlari xotirasiga ta’sis etilgan Choʻlpon mukofoti laureati boʻlib, “Oʻlmas qoyalar” romani Fransiyada nashr etilgan[1]. U 2018-yil noyabr oyida Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zoligiga qayta tiklangan.

Adib Mamadali Mahmudov 2020-yil 16-oktabrda bu dunyodan koʻz yumdi.