Kontent qismiga oʻtish

Mamadjon Ismoilov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Mamadjon Ismoilov
Shaxsiy maʼlumotlari
Jinsi Erkak
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Tavallud sanasi 27-iyul 1936-yil (1936-07-27) (88 yosh)
Toshkent OʻzSSR
Vafot sanasi 7-noyabr 1993-yil(1993-11-07)
(57 yoshda)
Sport
Qaysi sport Ot sporti
Klubi “Paxtakor” (Toshkent)
Medallar
"Mehnatdagi jasorati uchun" medali

Mamadjon Ismoilov (1936-yil 27-iyul, Toshkent1993-yil 7-noyabr) — ot sporti bilan shug‘ullanuvchi sportchi, sovet va o‘zbek murabbiyi. 1972-yil yozgi Olimpiya o‘yinlari ishtirokchisi.

Mamadjon Ismoilov 1936-yil 27-iyulda Toshkent shahrida dunyoga keladi.

Toshkentning “Paxtakor” jamoasi tarkibida ot sporti bo‘yicha ishtirok etgan. 1975—1979-yillarda ikki marta uchkurash bo‘yicha SSSR chempioni bo‘lgan[1] .

1972-yilda Myunxendagi yozgi Olimpiya o‘yinlarida SSSR terma jamoasi tarkibiga kiradi. Trestda ot sporti bo‘yicha chiqqan bo‘lsa, lekin Ismoilov individual uchkurashda musobaqani oxirigacha yakunlamagan[2]. Umumjamoa hisobida Sergey Muxin, Valentin Gorelkin va Vladimir Lanyuginlar ham chiqish qilishgan bo‘lsa ham, SSSR terma jamoasi minus 190,06 ball to‘plagan holda 7-o‘rinni egalladi va oltin medalni qo‘lga kiritgan Britaniya jamoasiga 285,59 ochko yo‘qotadi[3] .

1978-yilda Polshada o‘tkazilgan xalqaro turnirda g‘alabaga erishadi[4] .

SSSR xalqaro toifadagi sport ustasi (1975)[1].

Musobaqalar tugagandan keyin, u murabbiy sifatida faoliyat yuritadi. Toshkent shahridagi Ot sporti bo‘yicha Respublika oliy sport mahorati maktabida faoliyatini olib borgan. Murabbiylik davrida 50 nafar sport ustasi va bir nafar xalqaro toifadagi sport ustasi tayyorlab bergan. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan murabbiy hisoblanadi[1][4][5] .

Mamadjon Ismoilov umrining so‘nggi pallasigacha faxriylar musobaqalarida ishtirok etadi, 1992-yilda xalqaro turnirda omad unga kulib g‘alaba qozonadi[4].

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan murabbiy Ismoilov 1993-yil 7-noyabrda bu dunyodan ko‘z yumadi.

U ikki marotaba “Mehnat jasorati uchun” medali (1971, 1976), uch marta O‘zbekiston SSR Oliy Kengashining yorlig‘i (1962, 1964, 1967) bilan taqdirlangan[1][4] .