Mamasiddiq Sherayev
Mamasiddiq Qamchiboyevich Sherayev | |
---|---|
Tavalludi |
10-avgust 1946-yil Margʻilon, Oʻzbekiston SSR, SSSR |
Vafoti |
21-noyabr 2023-yil (77 yoshda) Fargʻona, Oʻzbekiston |
Fuqaroligi |
SSSR Oʻzbekiston |
Taʼlimi | Toshkent teatr va rassomchilik sanʼati instituti |
Kasbi | Qiziqchi, askiya ustasi |
Faoliyat yillari | 1972–2023 |
Dini | Islom |
Unvoni | Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist |
Mukofotlari |
Mamasiddiq Qamchiboyevich Sherayev (1946-yil 10-avgust, Margʻilon, Fargʻona viloyati, Oʻzbekiston SSR — 2023-yil 21-noyabr, Fargʻona, Fargʻona viloyati, Oʻzbekiston) — oʻzbekistonlik qiziqchi, askiyachi. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist (1999), „Doʻstlik“ ordeni sohibi (2021). Yusufjon qiziq Shakarjonov nomidagi respublika Askiya va qiziqchilik san’ati markazi asoschisi[1][2] va badiiy rahbari[3].
Tarjimayi holi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mamasiddiq Sherayev 1946-yil 10-avgustda Margʻilon shahrida tavallud topgan[1]. Toshkent teatr va rassomchilik sanʼati instituti (Hozirgi Toshkent sanʼat instituti) da tahsil ogan[4]. Faoliyati davomida Jizzax, Fargʻona va yana bir qator teatrlarda aktyor, qiziqchi sifatida ishlagan. Erkin Vohidov nomidagi Margʻilon bogʻida askiya sayllarni oʻtkazib kelgan va Margʻilonda askiyachilik makatabini yoʻlga qoʻygan. 2020-yildan Margʻilon shahridagi musiqali maqom teatrida faoliyat olib borgan.
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mamasiddiq Sherayev 1972−1975-yillarda Sirdaryo musiqali teatrining 2-toifali aktyori[2], 1975−1977-yillari Fargʻona oʻzbek teatrining drama artisti, 1979−1986-yillarda „Nurxon“ xalq teatri rejissyori, 1986−1987-yillari Toshloq tumani Madaniyat boʻlimi badiiy rahbari, 1987−1993-yillarda Fargʻona shahridagi „Neftch“ klubi kinoopreratori, 2006−2016 yillari „Muhammadsiddiq askiyas“ xususiy korxonasi rahbari, 2016−2020-yillarda Margʻilon shahridagi Madaniyat boʻlimining toʻgarak rahbari, 2020−2023-yillari Margʻilon shahar musiqali maqom teatrining oliy toifali drama artisti sifatida faoliyat yuritgan[1].
Mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mamasiddiq Sherayev 1999-yil Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist unvonini olgan. 2021-yil 24-avgustda „Doʻstlik ordeni“[5] bilan taqdirlangan[1][6].
Vafoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mamasiddiq Sherayev 2023-yil 21-noyabrda 77 yoshida vafot etgan[1][4][6].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 „Askiyachi Mamasiddiq Sherayev vafot etdi“. kun.uz (2023-yil 21-noyabr). 2023-yil 21-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 21-noyabr.
- ↑ 2,0 2,1 „Askiya san’ati ustasi Mamasiddiq Sherayev 77 yoshida vafot etdi“. daryo.uz (2023-yil 21-noyabr). 2023-yil 21-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 21-noyabr.
- ↑ „Marg‘ilonda respublika askiya va qiziqchilik sanʼati markazi tashkil etildi“. daryo.uz (2023-yil 21-iyul). 2023-yil 21-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 21-noyabr.
- ↑ 4,0 4,1 „Қизиқчи Мамасидиқ Шераев 77 ёшида вафот этди“. gazeta.uz (2023-yil 21-noyabr). 2023-yil 21-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 21-noyabr.
- ↑ „Ўзбекистон Республикаси мустақиллигининг ўттиз йиллиги муносабати билан фан, таълим, соғлиқни сақлаш, спорт, адабиёт, маданият, санъат соҳалари ва оммавий ахборот воситалари ходимларидан бир гуруҳини мукофотлаш тўғрисида“. prezident.uz (2021-yil 24-avgust). 2022-yil 8-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 21-noyabr.
- ↑ 6,0 6,1 „Qiziqchi Mamasidiq Sherayev“. oyina.uz (2023-yil 21-noyabr). 2023-yil 21-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 21-noyabr.