Manak ota ziyoratgohi
Manak ota ziyoratgohi — Oʻzbekistondagi madaniy meros obyekti, diqqatga sazovor joy. Obyekt davri: Aniqlanmagan.
Andijon viloyatining Xoʻjaobod tumanida joylashgan.
Obyekt manzili: Beshqovoq aholi punkti, „Beshqovoq“ MFY, Bahor koʻchasi. Manak ota ziyoratgohi bir qancha mayda kichik togʻlardan iborat maskan. Manak ota togʻi geografik jihatdan Janubiy Oliy togʻ tizmasiga mansub togʻ. Manak ota togʻi qadimdan aholi manzilgohi boʻlgan. Bu toʻgʻda 50dan ortiq gʻorlar mavjud. Gʻorlardan inson izlarini topish mumkin. Manak ota togʻidan qadimda qaroqchilar va qul savdogarlaridan berkinish uchun foydalanilgan. Bu joyda yashab, togʻ atrofini oʻzlashtirgan inson Manak ota 1762-yil 7-yanvar kuni shu joyda vafot etgan. Qabri ziyoratgoh ichida.Manak ota Davlat mulki (Andijon viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida) '''“Vaqf”''' xayriya jamoat fondiga tekin foydalanish shartnomasi asosida biriktirilgan.Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan 2019-yil 4-oktyabrda Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilgan va davlat muhofazasiga olingan[1][2].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-oktyabrdagi 846-sonli qarori“. Lex.uz. Qaraldi: 2022-yil 21-iyul.
- ↑ „Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-oktyabrdagi 846-sonli qarori“. Backend.madaniymeros.uz. 2023-yil 25-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 6-avgust.