Mangʻizor
Mangʻizor | |
---|---|
qishloq | |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Viloyat | Namangan viloyati |
Tuman | Norin tumani |
Hukumat | |
Rasmiy til(lar)i | oʻzbek |
Vaqt mintaqasi | UTC+5:00 |
Telefon kodi | +998 |
Pochta indeks(lar)i | 1604XX |
Avtomobil kodi | 50 |
Mangʻizor— Oʻzbekiston Respublikasi Namangan viloyati Norin tumanida joylashgan qishloq.
Etimologiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Maʼlumotlarga koʻra, qishloq aholisining katta qismi Pop tumanidagi shu nomdagi qishloqdan koʻchib oʻtgan. Shu sababli mazkur qishloq Mangʻizor deb nomlana boshlangan. Mangʻizor toponimi haqida yana bir qancha farazlar mavjud. Tarixda mangʻi qabilasi ham boʻlgan. Ular odatda suvga yaqin, oʻtloq hududlarda isteqomat qilishgan. Margʻzor deganda oʻrmoncha, yashil yer, oʻtloq joy degan maʼno tushuniladi. Shu bilan birgalikda, Margʻ soʻzi qadimgi soʻgʻd tilida „buloq“ degan maʼnoni bildiradi. Tojik mumtoz adabiyoti tilida qadimdan mavjud boʻlgan murgʻ soʻzi: oʻt, maysa, alaf, maysazor yaʼni margʻzor, chamanzor maʼnolarini beradi. Margʻ va margʻzor soʻzlari eski oʻzbek tilida, shuningdek, Alisher Navoiy asarlarida ham juda koʻp uchraydi. Unda keltirilishiga koʻra, margʻ soʻzi oʻt, hayvonlar yeydigan oʻsimlik, margʻzor esa oʻtloq yoki hayvonlar oʻtlaydigan joy sifatida keltiriladi. „Navoiy asarlari lugʻati“ nomli asarda margʻ, margʻzor soʻzlarining arabcha deb belgilanishiga qoʻshilib boʻlmaydi[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Zohid Madrahimov. Tarixiy toponimika (oʻzbekcha). „Navro‘z“ nashriyoti, 2007 — 108-bet.