Kontent qismiga oʻtish

Manmohan Singh

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Manmohan Singh
Hindiston bosh vaziri
Mansab davri
2004-yil – 2014-yilgacha
Oʻtmishdoshi Atal Bihari Vajpayee
Vorisi Narendra Modi
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 26-sentyabr 1932-yil (1932-09-26) (92 yosh)
Mukofotlari Qirol Abdulaziz ordeni

Manmohan Singh (1932.26.9, Pokistonning Gax sh.chasi) — Hindiston davlat arbobi. Panjob universitetini tugatib, 1952 yil bakalavr, 1954 yil magistrlik darajasiga ega boʻlgan. Kembrij universitetida oʻqigan. 1957-yildan Panjob universitetida oʻqituvchi, 1966-yildan BMTning Jenevadagi savdo va taraqqiyot konferensiyasi kotibiyatida konsultant, 1969-yildan Dehli universiteti professor, 1972-yildan Hindiston moliya vazirligida iqtisodiyot boʻyicha maslahatchi, 1976-yildan shu vazirlikla iqtisodiy masalalar boʻyicha departament rahbari — vazir oʻrinbosari, 1982-yildan Hindiston rezerv banki boshqaruvchisi, ayni vaqtda 1983—1984-yillarda Hindiston bosh vaziri huzuridagi iqtisodiy kengash aʼzosi, 1985 yil Hindiston iqtisodiy assotsiatsiyasi prezidenti, 1985-yildan Hindiston reja komissiyasi raisi — vazir, 1990 yil dekabrdan Hindiston bosh vaziri maslahatchisi, 1991 yil Milliy universitet komissiyasi rahbari. 1991 va 1995 yil parlamentning yuqori pala-tasiga saylangan. 1991 yil iyundan Hin-diston moliya vaziri, 1996—2004 yillarda vazirlik huzuridagi Konsul-tativ qoʻmita aʼzosi. 1996 yil avgustdan parlamentda savdo qoʻmitasi raisi. 1996 yil mart — 2004 yil parlament yuqori palatasida muxolifat yetakchisi. 2000-yildan Hindiston parlament guruhi ijroiya qoʻmitasi aʼzosi. 2004 yil 22-maydan Hindiston Respublikasi bosh vaziri. Iqtisodiyot boʻyicha ilmiy asarlar muallifi. Hindiston va xorijdagi bir qancha universitetlarning faxriy darajalari sohibi[1].