Kontent qismiga oʻtish

Manzori Islom

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Manzori Islom
urdu: مدرسہ منظر اسلام
जामिया रज़विया मंज़र-ए-इस्लाम
Turi Islomiy universitet
Asos solingan sanasi 1904 (120 yil avval) (1904)
Rektori Subhan Raza Xon
Talabalari 1000+
Manzili ,
Uttar-Pradesh
,
Hindiston
Veb-sayti ala-hazrat.com/intromanzareislam.html

Madrasa Manzar-e-Islom (urdu: مدرسہ منظر اسلام), Jamiya Razviya Manzar-e-Islam nomi bilan ham tanilgan, Hindistondagi islom seminariyasi. U 1904-yilda Hindistonning Bareli shahrida Ahmad Razo Xon Barelvi tomonidan tashkil etilgan[1].

2004-yilda u oʻzining yuz yillik yubileyini nishonladi, bu voqea bosh muharriri Subhon Razo Xon boʻlgan Ala Hazrat oylik jurnalining qator nashrlarida chop etilgan[2].

Shuningdek, muassada yer yetishmasligini hisobga olib, madrasani kengaytirish rejasini tayyorlangan[3].

Manzori Islom soʻfiylik va Barelviy harakati taʼlimotlarini targʻib qilish maqsadida Barelvi harakatining asoschisi Ahmad Rizo Xon Barelvi tomonidan asos solingan. Keyin unga Xonning soʻfiylik boʻyicha shogirdlari Amjad Ali Aazmiy va Zafar al-Din Bihoriy qoʻshilgan[4]. Bu Madrasa-i-Naumaniyadan keyin revalistik Barelvi harakatining taʼlimoti boʻyicha tashkil etilgan ikkinchi Taʼlim seminariyasi boʻlib, dastlab Jamat Ali Shoh tomonidan moliyalashtirilgan[5].

2023-yilgi Xalqaro yoga kunida, bu muassasa Barelvi oilasida, shuningdek, diniy olimlar oʻrtasida tortishuvlarga sabab boʻlgan[6].

2017-yil 15-avgust kuni oʻsha paytdagi Hindiston bosh muftiysi Axtar Razo Xonning oʻgʻli Shehar Qozi Asjad Razo Xon Uttar-Pradesh hukumati Yogi Adityanath boshchiligidagi videografiya va suratga olish islomga qarshi ekanligini aytib, dasturni videoga olish buyrugʻini qoralagan. Madrasa talabalari Davlat madhiyasini kuylamadilar va uning oʻrniga Sare Jahan Se Achcha qoʻshigʻini kuyladilar[7][8]. Hukumat qarorini qabul qilmaslik toʻgʻrisida Bareyli tumani boʻlim komissari shunday dedi:

Davlat madhiyasini kuylash har bir fuqaroning asosiy burchidir. Agar biron bir madarsa Mustaqillik bayramida davlat madhiyasini kuylash boʻyicha hukumat tartibini buzgan boʻlsa, ularga nisbatan chora koʻriladi. Ammo madarsalardan nima uchun tartibni buzganliklarini tushuntirish soʻraladi[9]. ~ PV Jagan Mohan

Mashhur Fatvo

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2007-yil sentabr oyida Manzori Islomning Dorul Iftosi fatvo chiqardi, unda hind kino aktyori Salmon Xon va uning oilasi televizorda Ganeshani (hind fili xudosi) uyiga joylashtirib, unga sigʻinishlari koʻrsatilganidan soʻng ularni musulmon emas deb eʼlon qilgan edi. Dorul ifto ulamolari oʻz fatvolarida Islom butlarga sigʻinishni taqiqlashini va aktyor yana musulmon boʻlishi uchun shahodat oʻqishi kerakligini taʼkidlagan[10]. Ammo Manzori Islom muftiysi bunga quyidagicha aniqlik kiritadi: „Ulardan butlarga sigʻinadigan va butparastlik yurishlarida qatnashadigan musulmonlar haqida fikr soʻralgan, hech bir joyda Salmon Xon yoki uning yaqinda qilgan harakati tilga olinmagan. Islomning butga sigʻinish haqidagi qoidasi juda aniq va bu amal islomga zid hisoblanadi. Shuning uchun Allohdan oʻzgaga ibodat qiladigan har bir musulmon yana kalimani oʻqishi kerak“[11].

2015-yilning fevral oyida madrasa Uttar-Pradesh vaziri Aʼzam Xonning partiya prezidenti Mulayam Singx Yadav uchun ibodatxona qurish taklifiga qarshi fatvo chiqaradi. Madrasa ulamolari: „Islomda Allohdan boshqasiga ishonish haromdir, shuning uchun zyoratgoh qurish haqida gapirish ham xuddi shunday notoʻgʻridir“[12] degan.

  1. Sanyal, UshaAhl-i Sunnat Madrasas: the Madrasa Manzar-i Islam, Bareilly, and Jamia Ashrafiyya, Mubarakpur“, . Madrasas in South Asia: Teaching terror? Malik: . Routledge, 2008 — 23–44-bet. ISBN 9780415442473. 
  2. Sanyal, Usha (January 2008). "The Madrasa Manzar-i Islam, Bareilly, and Jamia Ashrafiyya, Mubarakpur | Usha Sanyal - Academia.edu". Madrasas in South Asia: Teaching Terror? (academia.edu). https://www.academia.edu/643229. Qaraldi: 2015-07-28. Manzori Islom]]
  3. „Jamia Rizvia of Bareilly to be upgraded to a university“ (en). The Milli Gazette — Indian Muslims Leading News Source. Qaraldi: 2024-yil 26-yanvar.
  4. Alam, Arshad. Inside a Madrasa: Knowledge, Power and Islamic Identity in India (en). Taylor & Francis, 2020-11-29. ISBN 978-1-000-08366-8. 
  5. Riaz, Ali. Faithful Education: Madrassahs in South Asia (en). Rutgers University Press, 2008 — 75-bet. ISBN 978-0-8135-4345-1. 
  6. „International Yoga Day 2023: मदरसा छात्रों का प्राणायाम और कपालभाति क्रिया देख हो जाएंगे दंग, देखें फोटो | Manzar E Islam Dargah Madrasa students Pranayama and Kapalbhati on Yoga Day“ (hi). Patrika News (2023-yil 22-iyun). Qaraldi: 2024-yil 26-yanvar.
  7. „Barelvi sect madrasas defy UP CM Yogi order“. www.asianage.com. Qaraldi: 2024-yil 26-yanvar.
  8. „Independence Day row: Barelvi madrasas defy Yogi govt order on national anthem“ (en). Hindustan Times (2017-yil 15-avgust). Qaraldi: 2024-yil 26-yanvar.
  9. „Bareilly madarsas defies UP govt on singing national anthem, might face action under NSA“ (en). Hindustan Times (2017-yil 17-avgust). Qaraldi: 2024-yil 26-yanvar.
  10. „Clerics and Scholars Back Salman Khan“ (en). Arab News (2007-yil 24-sentyabr). Qaraldi: 2024-yil 26-yanvar.
  11. „Fatwa not against Salman Khan: Manzar-e-Islam clarifies | TwoCircles.net“. twocircles.net (2007-yil 21-sentyabr). Qaraldi: 2015-yil 28-iyul.
  12. Islamic Body Issues Fatwa Against Muslims Building Temple newindianexpress.com | Published: 27 March 2015