Al-Jamiyatul Ashrafiya
Turi | Islomiy universitet |
---|---|
Prezidenti | Abdul Hafeez Moradabadiy |
Talabalari | tax. 5500+ |
Manzili |
|Mubarakpur, Azamgarh, Uttar Pradesh , Hindiston |
Veb-sayti | aljamiatulashrafia.org |
Fayl:Al jamiatul Ashrafia logo.webp |
Al-Jamiyatul Ashrafiya (urdu: الجامعۃ اُلاشرفیہ hindcha: अल जामियत-उल-अशरफ़िया) Hindistondagi sunniy madrasasidir. U Hindistonning Uttar-Pradesh shimolidagi Muborakpur shahrida joylashgan.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Muassasa 1898-yilda oʻsha paytda Britaniya Hindistoni boʻlgan Muborakpur shahrida Misbah al-Ulum nomli madrasa sifatida faoliyat boshlangan[1]. U Sayid Shoh Ali Husayn Ashraf Kichauchxvi sharafiga „Ashrafiya“ deb nomlangan. Koʻp yillar davomida taʼlim uchun kurashib, bir necha bor joylarni koʻchirishidan soʻng, Hofiz Abdulaziz Murodobodiy tomonidan yigʻilgan mablagʻ evaziga yangi bino qurilgan. Bu hozirda Dar al-Ulum Ahl-i Sunnat yoki Misbah al-Ulum deb nomlanuvchi maktab uchun moʻljallangan joy edi[2].
Taʼlim muassasi taʼlim uchun kichik boʻlib borayotganini anglagan Hofiz Abdulaziz 1972-yil may oyida Ashrafiyani kattaroq kampusga koʻchirish masalasini muhokama qilish uchun oʻquv konferensiyasini tashkil qiladi. Ahmad Rizoxonning oʻgʻli Mustafo Rizoxon kabi Barelviy harakati olimlari, Mavlono Sayid Ale Mustafo Quadriy Barkatiy[3] va Arshadul Qadriy bilan birga 1972-yilda boshqa bir joyda sunniy Hanafiy Islom universitet qursh missiyasi bilan Azamgarh shahridan tashqarida poydevor qoʻyishdi[4]. Alloma Ziyoul Mustafo, Allama Arshadul Qavdriy, Alloma Mumtoz Ahmad Ashraful Qadriy, Muftiy Abdumannan, Mavlono Shafiy, Qori Yahyo va Qamaruzzamon Azmiy kabi muhim shaxslar Abd al-Aziz Murodobodiy bilan birgalikda muassasa qurish uchun zarur mablagʻni toʻplashga harakat qilishgan[5].
Tashkilot haqida
[tahrir | manbasini tahrirlash]Jamiya diniy taʼlim markazlarida 5000 dan ortiq talaba tahsil oladi, ularda 256 nafar professor-oʻqituvchilar va xodimlar ishlaydi. Ulardan tashqari bu maskandagi turli taʼlim muassasalarida 6000 dan ortiq oʻgʻil-qiz tahsil oladi. Bitiruvchilar muassasaning eski nomi „Misbahul Ulum“ga koʻra „Misbahi“ deb ataladi[3]. Muhammad Shahid Razoxon, Al-Jamiyatul Ashrafiya bitiruvchisi boʻlib, 2019-yilda Hindiston davlat xizmati imtihonini topshirgan[6][7].
Mansublik
[tahrir | manbasini tahrirlash]Al-Jamiyatul Ashrafiyaning bitiruv va diplomdan keyingi darajalari turli universitetlar, jumladan Haydaroboddagi Mavlonoa Azad Milliy Urdu universiteti[8], Javoharlal Neru universiteti (JNU)[9], Jamiya Milliya Islomiya[10] va Aligarh musulmon universiteti tomonidan tan olingan[11].
Sunniylar kengashining tuzilishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]1992-yilda Mubarakpur shahridagi Al-Jamiyatul Ashrafiya homiyligida muftiylar organi sifatida fiqh kengashi tuzilgan.
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Islom taʼlim muassasalari roʻyxati
- Jamiya Nizomiya
- Jamiyatur Razo
- Hindistonda Islom
- Al-Jameyatul-Islomiya
- Manzori Islom
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Sanyal 2008: 32.
- ↑ Sanyal 2008: 33.
- ↑ 3,0 3,1 „Al Jamiatul Ashrafia: An Introduction“. www.aljamiatulashrafia.in.
- ↑ Sanyal 2008: 34.
- ↑ „Great Religious Leader of the 21st Century“. Allama Azmi. 2012-yil 22-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 10-oktyabr.
- ↑ Sharma. „This madrasa graduate is in line to be IAS, IPS officer, says it helped him crack UPSC exam“ (2019-yil 23-aprel).
- ↑ „Madrasa educated Shahid Raza Khan cracks UPSC exam“ (2019-yil 6-aprel).
- ↑ „List of Madarsa Programs approved by the University for Admissions 2019-20“. Maulana Azad National Urdu University. Qaraldi: 2022-yil 4-fevral.
- ↑ „e-PROSPECTUS JNUEE 2019-20“. Jawaharlal Nehru University, Delhi. 2019-yil 26-noyabrda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Application Guidance“. Jamia Millia Islamia. Qaraldi: 2022-yil 4-fevral.
- ↑ „LIST OF THE COURSES OF MADARSAS WHICH HAVE BEEN GIVEN RECOGNITION FOR THE PURPOSE OF ADMISSION IN ALIGARH MUSLIM UNIVERSITY, ALIGARH FROM SINCE 2012 TILL DATE = 59.“. Aligarh Muslim University. 2019-yil 11-aprelda asl nusxadan arxivlangan.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Alam, Arshad. Inside a Madrasa: Knowledge, Power and Islamic Identity in India (en). Taylor & Francis, 2020-11-29. ISBN 978-1-000-08366-8.
- Sanyal, Usha „Ahl-i Sunnat Madrasas: the Madrasa Manzar-i Islam, Bareilly, and Jamia Ashrafiyya, Mubarakpur“, . Madrasas in South Asia: Teaching terror? Jamal: . Routledge, 2008 — 23–44-bet. ISBN 9780415442473.