Maqbul Fida Husayn
Qiyofa
Maqbul Fida Husayn | |
Maqbul Husayn. Doha, Qatar, 23-sentabr, 2010. | |
Haqiqiy ismi | मक़बूल फ़िदा हुसैन |
Tavalludi | 17-sentyabr 1915-yil Pandharpur, Mumbay, Hindiston |
Vafoti | 9-iyun 2011-yil (95 yoshda) London, Birlashgan Qirollik |
Sohasi | badiiy tasvir, kinematograf, fotografiya |
Mashhur suratlari | "Ona Hindiston"; Ramayana va Mahabharataga illustratsiyalar |
Mukofotlari | Padma Shri (1955) Padma Bhushan (1973) Padma Vibhushan (1991) |
Maqbul Fida Husayn (hindcha: मक़बूल फ़िदा हुसैन, urdu: مقبول فدا حسين, maratxi: मकबूल फिदा हुसेन; 17-sentabr, 1915 – 9-iyun, 2011[1]) hind rassomi, suratkash, kinochi edi. Uni "Hindistonlik Picasso", deb atashadi, uning ijodi hind badiiy tasviriga katta taʼsir koʻrsatgan.[2]
Maqbul Husayn Cézanne va Matisse asarlaridan ilhomlanib, ularning uslubida Mahabharata va Ramayana kabi hind dostonlariga illustratsiyalar chizgan. Shuningdek u kubist uslubida ham ijod qilgan, bunda u kundalik hindlar hayotini tasvirlar edi.
Maqbul Fida Husayn 2011-yili 9-iyunda Londondagi Royal Brompton kasalxonasida yurak xurujidan vafot etdi.[3]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Maqbool Fida Husain, India’s Most Famous Painter, Dies at 95
- ↑ „India's most highly prized artist MF Husain dies aged 95“. BBC News. Qaraldi: 9-iyun 2011-yil.
- ↑ Artist and legend MF Husain dies in London, 2011-06-12da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2011-06-13
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- M. F. Husayn sayti
- M.F. Hussain, IMDb
- Husain, Maqbul Fida tasvirlari (Wayback Machine saytida 2012-05-24 sanasida arxivlangan)