Marjon riflari
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Marjon qoyalar( riflar ), marjon qurilmalari — toʻda-toʻda boʻlib yashaydigan marjonlarning ohakka aylangan skeletlardan tashkil topgan suv osti qoyalari. Marjon qurilmalar toʻrt turga ajratiladi: qirgʻoq riflari, baryer (fob, toʻsiq) riflari, atolllar va laguna ichi Marjon riflari Ularning normal rivojlanishi uchun: 1) dengiz suvi harorati yuqori (kamida 20°) boʻlishi;2) suv sayoz (oʻrtacha chuq. 40–50 m gacha);3) shoʻrlik normal (35%o cha) va toza;4) dengiz tubi qoyadan iborat boʻlishi kerak. Marjon riflari juda katta va qalin boʻlishi mumkin. 1500 m balandlikda boʻlgan Marjon riflari bilan birga (Zond arxipelagi) zamini suv satxidan 1200 m chuqurlikda turgan marjon qurilmalari ham bor (Marshall orollari atrofi). Koʻpchilik hollarda marjon qurilmalari tarkibida neft va gazga boy konlar boʻladi. Hozirgi zamon marjon qurilmalarining fatsial sharoitlarini, ularning maʼlum tektonik zonalarga toʻgʻrilanishini oʻrganish neft qidiruv geologiyasi uchun katta ahamiyatga egadir.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |