Kontent qismiga oʻtish

Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining to'rtinchi maslahat uchrashuvi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining to'rtinchi maslahat uchrashuvi
Mezbon davlat Qirg'iziston
Sana 2022-yilning 21-iyul
Ishtirokchilar O'zbekiston Qozog'iston Turkmaniston Qirg'iziston Tojikiston

Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining toʻrtinchi maslahat uchrashuvi — 2022-yilning 21-iyul sanasida Qirgʻizistonning Choʻpon-ota shaharida boʻlib oʻtdi. Ushbu sammitda Markaziy Osiyoning 5 davlati — Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Turkmaniston, Tojikiston va mezbon davlat Qirgʻiziston davlat rahbarlari hamda hukumat aʼzolari ishtirok etdi. Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining ushbu sammitda ishtirok etishning asosiy maqsadlari mintaqada iqtisodiy savdo-munosabatlarni rivojlantirish, ekologik muommolarga eʼtibor qaratish va mintaqadagi tinchlikni saqlash asosiy vazifalar sifatida qaraldi. Shuningdek mintaqada mintaqaviy xavfsizlik, axborot va internet olami xavfsizligi, Afgʻoniston muommosi, savdo-sanoat, madaniy aloqalar muhokama qilindi.

  • Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining toʻrtinchi maslahat uchrashuvida Qirgʻiziston, Oʻzbekiston va Qozogʻiston mamlakatlari rahbarlari yaxshi qoʻshnichilik va hamkorliklarni yanada rivojlantirish borasida hujjatga imzo chekishdi. Ushbu jujjatni Turkmaniston va Tojikiston mamlakatlari rahbarlari hali koʻrib chiqishayotganini aytib, bu hujjatga hozirchalik imzolashmadi[1].
  • Markzaziy Osiyo davlatlari shuningdek ekologik jihatdan „Yashil kun tartibi“ boʻyicha ham kelishganlar.

Markaziy Osiyodagi ekologik muommolarga eʼtibor qaratish

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekiston tamonidan ishlab chiqilgan „Markaziy Osiyo uchun Yashil kun tartibi“ dasturi doirasida milliy iqtisodiyotlarni karbonsizlantirish, muqobil energitikani rivojlantirish, muqobil energiya manbaalaridan keng foydalanish, oʻzaro elektr energiyasini yetkazishni tashkil etish, suv tejovchi va ekologik toza texnologiyalarni keng joriy etish, suv resurslaridan oqilona foydalanish borasida oʻzining amamliy takliflarini berdi. Shuningdek Oʻzbekistn Respublikasi davlat rahbari tamonidan Markaziy Osiyo davlatlari hozirgi kunda "yashil taraqqiyotʼ masalalalariboʻyicha jahondagi eng ilgʻor mamlakatlardan ortda qolib ketganligini aytib oʻtdi[2].

Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti nutqi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning sammitdagi nutqidan:

Butun mintaqamizning tinchligi, barqarorligi va farovonligi jipsligimizga, Markaziy Osiyoning umumiy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha qat’iy choralar koʻrishga tayorligimizga bogʻliq.

Mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish maqsadida umumiy sa’y-harakatlarimizni iqtisodiy, ekologik va xavfsizlik yoʻnalishlariga qaratish maqsadga muvofiq.

Mintaqaviy xavfsizlik boʻlinmas va eng avvalo, bizning sherikligimiz qanchalik samarali yoʻlga qoʻyilganiga bogʻliq.

O'zbekistonda yaqinda roʻy bergan fojiali voqealar bizning rejalarimizni buzishga, mintaqamizda beqaror vaziyatni vujudga keltirishga urinayotgan buzgʻunchi kuchlar mavjud ekanini yana bir bor tasdiqladi.

Afgʻonistonda uzoq muddatli tinchlikni ta’minlashga va uning ijtimoiy-iqtisodiy tiklanishiga koʻmaklashish masalalarida yaqindan hamkorliknidavom ettirish biz uchun eng muhim ustuvor yoʻnalish boʻlib qolishi kerak.

— O'zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat mirziyoyev, Sharqshunos tahlilchilar

Afgʻoniston muommosi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sammitda qoʻshni Afgʻonistondagi muommolar ham muhokama qilindi[3]. Qirgʻiz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov Afgʻonistondagi vaziyat Markaziy Osiyo mintaqasining hududiy xavfsizligiga taʼsir koʻrsatmoqda. U yerda vaziyat murakkab va taxmin qilib boʻlmaydi deb aytib oʻtdi.

Bizning fikrimizcha, hokimiyatga toliblarning va u tuzgan hukumatning kelishi jiddiy voqelik hamda biz bu yoʻnalishda hamkorlikdagi harakat liniyasini ishlab chiqishimiz kerak. Shu bilan birga, Afgʻonistonning tinchlik yoʻliga tushishi uchun barcha kuch-harakatimizni sarflashimiz kerak.

Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon sammitda Afgʻoniston boʻyicha oʻz fikrlarini ayyib mintaqadagi tinchlikga katta taʼsir koʻrsatishi va Yevroosiyo mintaqasida geosiyosiy kuchlar muvozanati oʻzgarishi haqida aytib oʻtdi. Shuningdek Tolibon hukumatini Afgʻonistondagi etnik kamchiliklarni kamsitish hamda diniy konservatizm agressiyalar olib borishda ayladi.

Oʻtgan vaqt ichida Tolibon harakati jahon hamjamiyatini va Afgʻoniston aholisini oʻz hokimiyatining qonuniyligi, mamlakatdagi vaziyatni nazorat qilish hamda fuqarolar xavfsizligini taʼminlash, ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda yuzaga kelayotgan muammolarni hal etish qobiliyatiga ishontirish boʻyicha choralar koʻrmadi. Aksincha, vaʼda va kafolatlarga zid ravishda Tolibon barcha siyosiy va etnik kuchlarning keng ishtirokida hukumat oʻrnatilishiga har tomonlama toʻsqinlik qilmoqda.

Afgʻoniston masalasida oʻzbekiston Respublikasi davlat rahbari Afgʻonistonni iqtisodiy jihatdan tiklash va unga koʻmak yordam berish kerakligini aytib oʻtdi. Shuningdek Oʻzbekiston respublikasi davlat rahbari Afgʻonistondagi holat yuzasidan shunday dedi:

Afg'onistondagi holat Xalqaro hamjamiyat tamonidan qanday qabul qilinishi ham ko'p jihatdan bizga bog'liq.

  • Ekologik muommolarga eʼtibor qaratish taklidf etildi.
  • Logistika sohasini yanada isloh qilish va Janubiy osiyoga olib chiquvchi logistik yoʻllar tashkil etish.
  • Mintaqada turizmni yanada rivojlantirish taklif etildi.
  • Markaziy Osiyo davlat rahbarlari sammitiga Rossiya va Xitoyni ham taklif etish taklifi Qozogʻiston Respublikasi rahbari tamonidan kiritildi[4].