Kontent qismiga oʻtish

Markaziy Yevropa tekisligi

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Markaziy Yevropa Tekisligi-gʻarbda Atlantika okeani sohillaridan sharqda Oder va Visla daryolarining suvayirgʻichigacha bo'lgan hududlarni o'z ichiga oladi. Bu hudud Fransiyaning Parij Havzasi, Garonna pasttekisligi, Armorikon va Markaziy massivlari, Belgiya va Germaniyaning janubiy qismlari, Chexiya massivi va Oʻrta Polshani oʻz ichiga oladi. Markaziy Yevropa tekisligi, Oʻrta Yevropa tekisligidan farqli oʻlaroq, tekisliklardan, botiqlardan, togʻ massivlaridan, platformalardan va qirlardan iborat boʻlib, u Markaziy Yevropa togʻ-tekislik oʻlkasi yoki Gertsin Yevropasi deb ham ataladi.

Markaziy Yevropaning gʻarbiy qismida, Fransiya hududida qadimgi Armorikon va Markaziy massivlari joylashgan. Armorikon massivi Fransiyaning shimoli-gʻarbiy qismida gersin burmalanishi natijasida hosil boʻlgan. Markaziy massiv esa gersin burmalanishida vujudga kelgan yirik va gumbazsimon baland koʻtarilma hisoblanadi. Bu massivning asosini burmalangan qadimiy kristall va vulkanik jinslar tashkil etadi.

Pasttekisliklar va Massivlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Armorikon Massivi: Fransiyaning shimoli-gʻarbida joylashgan bu massivda ko'tarilma tektonik harakatlar kuchli kechmagan. Normandiya va Gatin qirlari qadimgi massivning qismlari hisoblanadi.
  • Markaziy Massiv: Markaziy Yevropaning eng yirik massivlaridan biri bo'lib, Pyui-de-Sansi cho'qqisi 1886 m. Bu massivning janubiy qismidagi kristall jinslar yura davrining ohaktoshlari bilan qoplangan Gran-Kos platosini hosil qiladi.
  • Garonna Pasttekisligi: Markaziy massiv va Biskay qoʻltigʻi oraligʻida joylashgan. Bu hududda tektonik botiqda hosil bo'lgan Akvitaniya havzasi mavjud.

Iqlim Sharoiti

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Markaziy Yevropa tekisligi iqlimida Atlantika havo massasi katta rol oʻynaydi. Nam dengiz havo massasi sharqqa tomon materik ichkarisiga kamayib boradi, bu esa iqlimning kontinentallik darajasini oshiradi. Gʻarbiy qismlarda qish iliq va nam, yoz esa salqin boʻladi. Sharqqa tomon harakatlanishda, iqlim quruqlashib boradi va qish sovuqroq boʻladi.

Markaziy Yevropaning yirik daryolari orasida Reyn, Sena, Luara, Garonna va Rona daryolari mavjud. Bu daryolar gidrologik rejimi shu joyning iqlim sharoitiga va relefiga bogʻliq. Gʻarbiy hududlardagi daryolar suv sarfi yil boʻyi deyarli bir tekisda boʻlsa, sharqiy hududlarda daryolarning suv sarfi togʻ massivlaridagi qorlarning erishi tufayli murakkablashadi.

Oʻsimlik va Hayvonot Olami

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Markaziy Yevropada oʻrmonlar Sudet togʻlari, Chexiya oʻrmoni, Bovariya oʻrmoni kabi hududlarda yaxshi saqlangan. Ushbu oʻrmonlarda yel-pixta daraxtlari keng tarqalgan. Togʻlarning baland qismlarida esa qar oʻsimliklari uchraydi. Hayvonot olami esa asosan oʻrmon faunasi bilan ifodalanadi. Tulki, boʻrsiq kabi yovvoyi hayvonlar va turli xil qushlar keng tarqalgan.

  • T. V. Vlasova. Materiklar tabiiy geografiyasi (okeanlar tutash qismlari bilan birga)- Oʻqituvchi. T., 1981[1]
  • X.Vaxobov, A. A. Abdulqosimov, N. R. Alimkulov MATERIKLAR VA OKEANLAR TABIIY GEOGRAFIYASI -Toshkent ,2021[2]