Kontent qismiga oʻtish

Qarshi markaziy stadioni

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Markaziy stadionidan yoʻnaltirildi)
Qarshi markaziy stadioni
Qarshi markaziy stadioni
Joyi Qarshi, Oʻzbekiston
Qachon ochilgan 2006
Qachon taʼmirlangan 2008-2009, 2016-2017-yillar
Egasi Nasaf Qarshi
Yuzasi Chim
Meʼmor Sobir Toshev
Samarqand
Hajmi 21 000 (faqat oʻrindiqlar)
Maydon oʻlchami 104m x 68m
Maydon egalari
Nasaf Qarshi
Vebsayt
Nasaf Qarshi vebsayti

Qarshi markaziy stadioni koʻp maqsadli stadion boʻlib, hozirgi vaqtda ushbu stadiondan asosan futbol sporti oʻtkazilib kelinadi. Stadion Nasaf Qarshi futbol jamoasining uy stadioni hisoblanadi.[1][2]

Stadion tarixi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Rekonstruksiyadan keyin stadionda ilk uchrashuv 2008-yili 8-avgustda mahalliy „Nasaf“ klubi Andijonning „Uz-Dong-Ju“ klubi bilan oʻynagan. Rekonstruksiyadan oldin stadion oʻz bagʻriga 33,000 tomoshabinni sigʻdira olardi, keyin esa 17,750 tomoshabin, shulardan, 180 ta VIP oʻrindiqlari, 220 ta oʻrindiq pressa va 6 ta oʻrindiqlar futbol sharhlovchilari uchun moʻljallangan.

„Markaziy“ oʻyingoh turli xil xalqaro musobaqalar OFK Kubogi, Osiyo chempionlari ligasi, 21 yoshlilar oʻrtasidagi Osiyo Kubogi musobaqasi va 23 yoshlilar oʻrtasidagi Osiyo Kubogi musobaqasi oʻyinlariga mezbonlik qilgan. 2011-yilda Qarshi shahrida boʻlib oʻtgan OFK Kubogi finalida „Nasaf“ jamoasi Quvaytning „Quvayt SK“ jamoasini 2:1 hisobida magʻlubiyatga uchratib Oʻzbekistonda klublar oʻrtasida birinchi xalqaro musobaqa gʻolibligini qoʻlga kiritgan. 2016-2017-yilgi mavsumda stadionda yana qayta taʼmirlash ishlari amalga oshirildi va hozirgi holatiga keltirldi.[3] Ilgari 16 ming muxlisni oʻz bagʻriga sigʻdirgan, taʼmirdan soʻng stadion 22 mingdan oshiq tomoshabin futbol uchrashuvlarini tomosha qilish imkoniyatiga ega boʻlishdi. Stadion minbarlari Yevropaning zamonaviy stadionlaridagi singari futbol maydoniga yaqinlashtirildi. Qurilish-tamirlash ishlari „Nasaf“ jamoasi muassisi, yirik sanoat korxonalardan biri Shoʻrtangazkimyo majmuasi qurilish brigadasi tomonidan amalga oshirildi. Rekonstruksiya ishlaridan keyin maydonda ilk oʻyin 2017-yilning 30-iyunda Oʻzbekiston kubogi chorak finali doirasida „Nasaf“-"Qoʻqon-1912" jamoalari uchrashuvi boʻldi[4]. Qarshida oʻtkazilgan ilk uchrashuvda Nasaf raqiblarini yirik 4:1 hisobida magʻlub etishdi[5].

Qarshi „Markaziy“ oʻyingohi 2006-yilda Qarshi shahri mezbonlik qilgan „Umid nihollari“ musobaqasi uchun qurilib, foydalanishga topshirilgan. 2008-yilda „Nasaf“ futbol klub uy uchrashuvlarini aynan shu oʻyingohda qabul qilishni boshlagan. 2011 va 2017-yillarda qaytda taʼmirlangan.[6][7][8] Dastlab oʻyingoh 16 000 muxlisga[9] moʻljallangan boʻlsa, hozirgi vaqtda 21 000 muxlisni oʻz bagʻriga sigʻdira oladi.[10][11] „Markaziy“ stadion xalqaro talablarga toʻliq javob beradi. Oʻyingohda 4 ta kiyim almashtirish xonasi, 12 ta yuqori martabali mehmonlar VVIP xonasi, 900 VIP oʻrindiqlari, 2 ta tibbiyot xonasi, 2 ta hakamlar xonalari mavjud.

Qarshi „Markaziy“ stadioni

   Adres    Qarshi sh. Mustaqillik-5.
   Telefon   (+998 75) 221 16 15
   Faks    (+998 75) 221 50 94
   Foydalanishga topshirilgan vaqti 2006 yil
   Arxitektor    Sobir Toshev (Samarqand)
   Birinchi uchrashuv  „Nasaf“ — „OʻzDongDju“ 2:0 (08.08.2008 y.)
   Maydon oʻlchami    104x68
   Tomoshabinlar sigʻimi    16.000
   Sektorlar soni    20
   Mehmonlar sektori    5-sektor
   Maydon qoplamasi    „Sportmaster“ (Daniya)
   Yoritish moslamasi    1200 lyuks
   VIP-loja    226 oʻrindiq
   TV-pozisiya    12
   Sharhlovchilar xonasi      6 ta
   OAV lojasi    144 oʻrin
   Video tablo    Rangli,  16*9oʻlchamli
   Robotlashtirilgan tasvir majmuasi        ROBYCAM3D   „Kamera Pauk“
Koʻchma televizion stansiya (KTS) -  „HDTV“    KTS „MAN“avtomobilida oʻrnatilgan

2011-yilning 29-oktabrida ushbu stadion 2011-yilgi AFC kubogining final uchrashuviga mezbonlik qiladi va oʻshanda Nasaf klubi Quvaytning Kuwait SC klubini 2-1 hisobida magʻlub etib AFC kubogi sohibiga aylangan edilar.

U-23 Osiyo chempionati oldidan OʻFA raisining birinchi oʻrinbosari Ravshan Ermatov boshchiligidagi U-23 Osiyo kubogi Tashkiliy qoʻmitasi vakillari mezbonlikka nomzod Qarshidagi stadion va sharoitlarni koʻzdan kechirdi[12]. 2022-yil Oʻzbekistonda mezbonligida oʻtkazilgan U 23 Osiyo Chempionatining mezbon stadionlaridan biri[13][14] sifatida uchrashuvlarni qabul qildi.[15]

Qarshi markaziy stadionida boʻlib oʻtgan oʻyinlar[16]:

  • 1-iyun, Chorshanba. 18:00. Avstraliya — Quvayt
  • 1-iyun, Chorshanba. 22:00. Iordaniya — Iroq
  • 4-iyun, Shanba. 18:00. Iroq — Avstraliya
  • 4-iyun, Shanba. 22:00. Quvayt — Iordaniya
  • 7-iyun, Payshanba. 18:00. Iroq — Quvayt
  • 7-iyun, Payshanba. 22:00. Oʻzbekiston — Eron

Shuningdek Qarshi markaziy stadioni Nasaf jamoasining Osiyo chempionlar ligasi baxslarida uy stadioni sifatida xizmat qiladi.

  1. „AFC Cup: ATK Mohun Bagan ousted after 0-6 drubbing at hands of FC Nasaf“. First Post. Qaraldi: 2021-yil 23-sentyabr.
  2. „Қаршидаги "Марказий" стадионнинг ҳозирги ҳолати“. 2023-yil 22-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 22-aprel.
  3. „Қаршида “Марказий” стадиони танатанали очилиши бўлиб ўтади“. 2022-yil 5-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 9-avgust.
  4. „Yangi qiyofadagi “Markaziy” stadion yana muxlislarni o'z bag'riga chorladi“.
  5. „Qarshi markaziy stadioni ta'mirdan keyin ilk uchrashuv“.
  6. „“Nasaf” joriy mavsumda ilk marta “Markaziy” stadionda mashg'ulot o'tkazdi“ (05 iyu 2017). 2022-yil 9-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 9-avgust.
  7. „“Markaziy” stadion qachon ishga tushadi?“ (2017-yil 20-fevral). 2017-yil 20-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 9-avgust.
  8. „Nasafning yangilangan stadioni“ (2017-yil 3-iyul). 2022-yil 9-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 9-avgust.
  9. „Қаршида “Марказий” стадиони танатанали очилиши бўлиб ўтади“ (2017-yil 23-iyul). 2022-yil 5-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 23-iyul.
  10. „Қаршидаги "Марказий" стадионга чим ётқизишда Рўзиқул Бердиев ва футболчилар ҳам иштирок этишди ФОТО“ (16 мар 2017). 2022-yil 11-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 11-avgust.
  11. „Yangi qiyofadagi “Markaziy” stadion yana muxlislarni o'z bag'riga chorladi+FOTO“. 2023-yil 31-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 31-mart.
  12. „Ravshan Ermatov U-23 Osiyo chempionati oldidan Qarshidagi stadion va sharoitlarni ko`zdan kechirdi“. 2023-yil 16-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 16-avgust.
  13. „U-23 Осиё кубоги. Қаршидаги стадион мусобақага тайёр“ (2022-yil 31-may). 2022-yil 9-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 31-may.
  14. „"Markaziy" stadioni O'zbekiston U-23 - Eron U-23 uchrashuviga shay!“. 2023-yil 30-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 30-mart.
  15. „"Марказий" стадиони Ўзбекистон U-23 — Эрон U-23 учрашувига шай!“ (2022-yil 7-iyun). 2022-yil 9-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 7-iyun.
  16. „U-23 Osiyo chempionati. Qaysi stadionda qaysi o‘yinlar bo‘ldi“.