Kontent qismiga oʻtish

Marna

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Marna
Tavsif
Uzunligi 514
Suv sarfi 100 m³/s
Davlat Fransiya
Marna

Marna (fransuzcha: Marne) — Fransiya shimolidagi daryo, Sena daryosining oʻng irmogʻi. Uzunligi 525 km, havzasining maydoni 12,7 ming km². Langr platosidan boshlanib, Parij havzasi boʻylab oqadi va Parij shahri yaqinida Sena daryosiga quyiladi. Oʻrtacha suv sarfi 100 m³/sek. Asosan, yomgʻir suvidan toʻyinadi. Qishda toʻlib oqadi (suv sathi 4–5 m gacha koʻtariladi). Kema qatnaydi. Kanallar orqali Reyn va Sena daryolari havzasi bilan bogʻlangan[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil