Martin Schlaff
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (May 2024) |
Martin Schlaff | |
---|---|
Tavalludi |
6-avgust 1953-yil |
Fuqaroligi | Avstriya |
Kasbi | tadbirkor, investor |
Martin Schlaff (talaffuzi: Martin Shlaff; 1953-yil 6-avgust, Vena) — kelib chiqishi yahudiy boʻlgan avstriyalik tadbirkor, RHI Magnesita kompaniyasining asosiy aksiyadori[1]. 2023-yil holatiga koʻra, Martin Avstriyaning eng boy odamlaridan biri boʻlib, uning boyligi 2,8 dan 3,2 milliard yevrogacha baholangan.
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Martin 1953-yil 6-avgustda Vena shahrida tadbirkor oilasida tugʻilgan[1]. Vena iqtisodiyot va biznes universitetida tahsil olgan va 1975-yilda magistr darajasini olgan.
Birinchi biznes loyihalari
[tahrir | manbasini tahrirlash]1976-yilda rafiqasi tufayli Martin Robert Placzekning Venadagi biznes ulushini oladi[2], 1987-yilda Martin uni aksiyadorlik jamiyatiga aylantirib, kichik menejer lavozimini egallaydi. Kompaniya Sharqiy Yevropa mamlakatlari, asosan GDR, Vengriya, Chexoslovakiya va Polshada yog'och va qog'oz savdosi bilan shugʻullangan. Martin asta-sekin oʻz biznesini kengaytira boshladi, yangi turdagi tovarlar, jumladan, toʻqimachilik va kompyuter uskunalarini sota boshlaydi. Shu bilan birga, Martin Gʻarb tomonidan Varshava shartnomasi davlatlariga nisbatan qoʻyilgan embargoni chetlab oʻtish yoʻllarini topadi[1].
Temir parda qulagandan soʻng, Martin oʻz biznesini yangi voqeliklarga moslashtirib, qayta tiklay oldi. 1997-yilda Martin Iyerixonda qimorxona ochadi, undan tushgan daromadning bir qismi Falastin milliy maʼmuriyatiga oʻtgan[1]. Isroilda qimor oʻyinlari taqiqlanishi hamda u yerdan tashrif buyuruvchilar tufayli kompaniya gullab-yashnaydi. Ammo 2000-yilda Ikkinchi intifada paytida qimorxona yopiladi.
2001-yilda Martin Bolgariya uyali aloqa operatori Mobiltelni Mixail Chernoydan 800 million yevroga sotib oladi va bir necha yil oʻtgach, bu kompaniyani ikki baravar qimmatga sotgan. Serbiya Mobtelni ham xuddi shunday, ammo kamroq foyda bilan sotadi.
2007-yilda Martin 30 yildan ortiq ishlagan Robert Placzek Aktiengesellschaft kompaniyasini tark etadi.
2010-yilda Lixtenshteynda Sigma Bankga asos soladi.
RHI Magnesita
[tahrir | manbasini tahrirlash]2006-yilda Schlaff oʻzining MS Private Foundation kompaniyasi orqali magnezit qazib olish va qayta ishlash bilan shugʻullanuvchi RHI AG (Radex-Heraklith Industriebeteiligungs AG) korxonaning taxminan 6% aksiyalarini sotib oladi. Keyingi yilning sentyabr oyiga kelib uning ulushi allaqachon 26,47%ni tashkil qilgan[2].
2017-yilda RHI AG oʻzining asosiy raqobatchisi Braziliya Magnesita bilan birlashadi. Birlashtirilgan kompaniya RHI Magnesita nomini olgan. Shtab-kvartirasi Vena shahrida qoladi, lekin firma Vena fond birjasini tark etib, London fond birjasiga kiradi, shuningdek, FTSE 250 fond indeksining bir qismiga aylanadi.
Muammoli va nizoli hodisalardagi ishtiroki
[tahrir | manbasini tahrirlash]Koʻpgina mamlakatlarning yetakchi siyosatchilari bilan shaxsan tanishligi tufayli Martin bir qator xalqaro nizolarni hal qilishda muhim rolni oʻynagan:
- 2003-yilda Ariel Sharon bilan aloqalari tufayli Avstriyaning Isroil bilan munosabatlarini normallashtirishga yordam bergan. Martinning harakati bilan 2000-yilda chaqirib olingan Isroil elchisi Venaga qaytib keladi[1].
- 2007-yilda Martin vositachiligida bolalarga virusni ataylab yuqtirganlikda ayblanib, Liviyada oʻlimga hukm qilingan 5 nafar bolgariyalik hamshira ozod etiladi.
- 2010-yilda Martin Isroil foydasiga josuslikda ayblangan yahudiy Rafael Haddadning Liviya qamoqxonasidan ozod qilishga erishgan.
Martin xayr-ehson qiluvchi shaxs va kolleksioner sifatida ham tanilgan. Antisemitizmga oid artefaktlar kolleksiyasi (taxminan 5000 ashyo) toʻplagan va 1993-yilda Venadagi Yahudiy muzeyiga sovgʻa qilgan.
Oilasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Martin uch marta uylangan. Birinchi xotini Susie Wiesel, , Robert Placzek kompaniyasining egasi Friedrich Wieselning qizi boʻlib, shu rafiqasi tufayli Martin biznes ulushga ega boʻlgan, undan uch nafar farzandi bor[1]. Ikkinchi xotini Andrea boʻlib, undan ikki nafar farzandi bor. Ular 2008-yilda ajrashgan, Martin 200 million yevro miqdorida tovon toʻlagan. Hozirgi rafiqasi Barbara Koenig, ular 2009-yilda turmush qurishgan va bir nafar farzand bor.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 1,5 „Мартин Шлафф“ (2024-yil 13-may).
- ↑ 2,0 2,1 „Porträt: Der lange Weg des Martin Schlaff“. Qaraldi: 2024-yil 13-may.