Maslama ibn Muhallad
Maslama ibn Muhallad مَسْلَمَةَ بْنِ مَخْلَدٍ | |
---|---|
Misr | |
Mansab davri 667 – 682 | |
Oʻtmishdoshi | Uqba ibn Amir |
Vorisi | Said ibn Yazid |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
616 yoki 620 Madina |
Vafoti |
682-yil 9-aprel Fustat |
Otasi | Muhallad ibn Samit |
Maslama ibn Muhallad ibn Somit al-Ansoriy (arabcha: مَسْلَمَةَ بْنِ مَخْلَدٍ بْنِ صَّامِت الأَنْصَاريِّ) — Islom paygʻambari Muhammadning sahobasi, Misrning musulmonlar tomonidan fath qilinganidan keyin oʻnlab yillar davomida oʻsha yerdagi faol shaxslardan biri boʻlgan.
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Maslama ibn Muhallad ibn Somit al-Ansoriy 616 yoki 620-yillarda tugʻilgan. Maslama Misrni musulmonlar tomonidan bosib olinishida ishtirok etgan va vafotiga qadar shu yerda yashagan[1]. Maslama ibn Muhallad uchinchi xalifa Usmon ibn Affon tarafdorlaridan biri boʻlib, xalifaning oʻlimidan keyin Muhammadning kuyovi Alining uning oʻrnini egallashiga qarshi boʻlgan va bu hukmronlikni tan olmagan[1]. U Muoviya ibn Hudayj boshchiligidagi xalifa Usmon tarafdorlari yetakchilaridan biri boʻlib, 657-yilda Suriya hokimi Muoviya ibn Abu Sufyon hokimiyatga kelguniga qadar hokim Muhammad ibn Abu Huzayfaga qarshi qoʻzgʻolonlarida qatnashgan[1][2]. 658-yilda Muoviya ibn Abu Sufyon boshchiligidagi Ali va Suriyada joylashgan Umaviylar oʻrtasidagi ziddiyat oshkor boʻlgach, Maslama Alining Muhammad ibn Abu Bakrni Misr hokimi etib tayinlashiga qarshi chiqqan va shu sababdan ham Suriya bosqinida qatnashgan boʻlishi ehtimoldan holi emas. Bu esa oʻsha yilning yozida Amr ibn al-Osning Ibn Abu Bakr qoʻshini magʻlubiyatiga, uning qoʻlga olinib, qatl etilishiga olib kelgan[1][2].
Maslama 664-yilning yanvari, yaʼni vafotiga qadar Misr hokimi boʻlgan Amr ibn al-Os qoʻl ostida sadoqat bilan xizmat qilgan, lekin uning vorislari Abdulloh ibn Amr al-Os, Utba ibn Abu Sufyon va Uqba ibn Amir davrida eʼtibordan chetda qolgan. Nihoyat, 667 yoki 668-yilda Maslamaning oʻzi oʻsha vaqtdagi xalifa Muoviya ibn Abu Sufyonga iltimosnoma bilan murojaat qilgan va Misr hokimi etib tayinlangan. Tabariyning soʻzlariga koʻra, 670-yilgacha Maslama shu lavozimda faoliyat yuritgan, biroq boshqa manbalarda uning 682-yilning 9-apreli, yaʼni vafot kuniga qadar mamlakatni doimiy ravishda boshqarib kelganligi haqida xabar berilgan. Maslama Vizantiya imperiyasiga qarshi urushlarda ham faol qatnashgan, ularga qarshi muntazam ekspeditsiyalar uyushtirgan, Fustatdagi Amr ibn al-Os masjidini qayta tiklagan va unga minoralar qoʻshgani haqida ham qisqa maʼlumotlar mavjud[1][2]. Baʼzi manbalarda Maslamaning Ifriqiya va Magʻribdagi musulmon yurishlari uchun ham mas’ul boʻlgani aytib oʻtilgan boʻlsa, yana boshqa manbalar bu hududlar miloddan avvalgi vaqtga qadar uning hokimiyatiga kirmaganligini koʻrsatadi[1].
Maslama umrining oxiriga qadar Umaviylar tarafdori boʻlib qolgan. 680-yilda Muoviya vafot etgach, Muoviyaning oʻgʻli Yazid I ni uning vorisi sifatida tan olgan. U, shuningdek, Yazid I ning hokimiyat tepasiga kelishiga qarshilik koʻrsatgan Amr ibn al-Osning oʻgʻli, sahoba va muhaddis Abdulloh ibn Amr ibn al-Osga qatl qilish bilan tahdid solgan[2].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Kennedy, Hugh „Egypt as a province in the Islamic caliphate, 641–868“, . Cambridge History of Egypt, Volume One: Islamic Egypt, 640–1517 Petry: . Cambridge: Cambridge University Press, 1998 — 62–85-bet. ISBN 0-521-47137-0.
- "Maslama b. Mukhallad". Encyclopaedia of Islam (12 vols.) (2nd nashri). Leiden: E. J. Brill. 1960–2005. https://referenceworks.brillonline.com/search?s.q=Maslama+b.+Mukhallad&s.f.s2_parent=s.f.book.encyclopaedia-of-islam-2&search-go=Search.