Kontent qismiga oʻtish

Matnazar Abdulhakim

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Matnazar Abdulhakim
Tavalludi 20-fevral 1948-yil (1948-02-20) (76 yosh)
Urganch tumani, Qorovul qishlogʻi
Ijod qilgan tillari Oʻzbek tili
Fuqaroligi O‘zbekiston SSR
Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Taʼlimi Rossiyaning Taganrog shahridagi Rus tili va adabiyoti instituti
Mukofotlari

Matrnazar Abdulhakim (toʻliq ismi: Matnazar Abdulhakimov; 1948-yil 20-fevral, Urganch tumani, Oʻzbekiston SSR) — shoir, tarjimon, oʻqituvchi, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi, adabiyot sohasida tadqiqotchi[1][2][3][4][5].

Hayoti va faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1948-yil 20-fevralda Xorazm viloyatining Urganch tumani „Qorovul“ qishlogʻida tugʻilgan. Rossiyaning Taganrog shahridagi Rus tili va adabiyoti institutini tamomlagan[6]. Urganch tumanidagi „Urganch haqiqati“ gazetasida boʻlim mudiri, maktabda oʻqituvchi, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi Xorazm viloyat boʻlimida, Xorazm Maʼmun akademiyasida faoliyat yuritgan[7][8].

Matnazar Abdulhakimning „Tiniq tonglar“ (1982), „Fasllar qoʻshigʻi“ (1984), „Qor qoʻshigʻi“ (1990), „Mavj“, „Tabarruk tashrif“ (1991), „Kim agar ozoddur“ (1992), „Yonimdagi daryolar“ (1993), „Qorachiqdagi dunyo“ (1994), „Bir kuchoq gul“, „Oydinlik“, „Iymon tuhfasi“ (1997), „Soʻnggi yaproq“ (1999), „Haq fayzi“ (1999), „Yaldoni yoritgan nur“ (2001), „Oy ketdi, oftob keldi“ (2002), „Ikkinchi muallim saboqlari“ (2005), „Vorislik baxti“ (2006), „Humo parvozi“ (2007), „Javzo tashrifi“ (2008), „Azizlar anjumani“ (2008), „Koʻprik“ (2009), „Mangulik jamoli“ (2009), „Ishq yogʻdusi“ (2009), „Takallum“, „Ibratli umr hikoyati“, „Jamoling menga bas“, „Koʻngil koʻzlari“, „Shavqingni yod etib“, „Tafakkur chorrahalarida“ (2013), „Tanlangan asarlar“ (2017) sheʼriy, publitsistik va tarjima kitoblari chop etilgan. Sheʼrlari rus, ingliz, turk, fors, qozoq, ozarbayjon tillariga tarjima qilingan[9].

Shoir Mirzo Abdulqodir Bedil, Shayx Najmiddin Kubro, Shayx Najmiddin Bagʻdodiy, Shermuhammad Munis, Ogahiy, Pahlavon Mahmud, Komil Xorazmiy Rojiy, Ahmad Tabibiy sheʼrlarini fors tilidan oʻzbek tiliga tarjima qilgan[10]. Tarjimonning „Tabirruk tashrif“(„Xorazm“ nashriyoti), „Kim agar ozoddir“(Gʻafur Gʻulom nashriyoti), „Jamoling menga, bas“ (Gʻafur Gʻulom nashriyoti), „Shavqingni yod etib“ (Gʻafur Gʻulom nashriyoti), „Oy ketdi, oftob keldi“ (Xorazm Maʼmun akademiyasi nashriyoti), „Humo parvozi“ („Yangi asr avlodi“ nashriyoti), „Azizlar anjumani“(„Oʻzbekiston“ nashriyoti), „Ishq yogʻdusi“ („Yangi asr avlodi“nashriyoti) kabi oʻndan ortiq tarjima kitoblari chop etilgan.

Mixail Dudin, Nikolay Rubsov, Rasul Hamzatov, Imant Ziyedonis, Yevgeniy Yevtushenko, Nikolay Dmitriyev sheʼrlarini rus tilidan oʻzbek tiliga, Omondurdi Annadurdiyev, Goʻzal Zaripova, Itolmas Xudoyberganov, Oytugʻdi Nazarov, Mamatnazar Bobonazarov, Qilichmurod Qaqaboyev, Oqmurod Muhadov sheʼrlarini turkman tilidan oʻzbek tiliga, shuningdek, Boltaboy Bekmetov, Goʻzal Begim, Mahmud Rajab sheʼrlarini oʻzbek tilidan rus tiliga tarjima qilgan.

Ilmiy faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shuningdek, shoirning Alisher Navoiy, Pahlavon Mahmud, Ogohiy ijodi tahliliga bagʻishlangan ilmiy-ommabop maqolalari chop etilgan[11]. Uning „Iymon tuhfasi“ („Yozuvchi“ nashriyoti), „Yaldoni yoritgan nur“ (Xorazm Maʼmun akademiyasi nashriyoti), „Ikkinchi muallim saboqlari“ (Xorazm Maʼmun akademiyasi nashriyoti), „Mangulik jamoli“ (Xorazm Maʼmun akademiyasi nashriyoti) kabi ilmiy kitoblari oʻquvchilar qoʻliga yetib borgan.

„Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan Madaniyat xodimi“ (1996) unvoni bilan taqdirlangan. Shuningdek, 2002-yilda „Ofarin“ mukofotining „Yilning eng yaxshi shoiri“ nominatsiyasi gʻolibi boʻlgan.

  1. Baxtiyor „Matnazar Abdulhakim haqida batafsil ma’lumotlar, tarjimai hol“ (ru-RU). Sirlar.uz (2021-yil 11-oktyabr). Qaraldi: 2023-yil 3-avgust.
  2. Roziq, Baxtiyor „Matnazar Abdulhakim. Matnazar Abdulhakim haqida: hayoti, asarlari“ (ru-RU). BAXTIYOR.UZ (2021-yil 18-mart). Qaraldi: 2023-yil 3-avgust.
  3. „Matnazar Abdulhakim“ (en). Kitobman.uz|Muallif sahifasi. Qaraldi: 2023-yil 3-avgust.
  4. „MUTOLAA ZAVQI. Matnazar Abdulhakim – Qoraqolpog'iston Axborot Agentligi“. kknews.uz. Qaraldi: 2023-yil 3-avgust.
  5. „Matnazar Abdulhakim publitsistikasining tili va uslubi haqida“. 2023-yil 2-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 2-oktyabr.
  6. „Matnazar Abdulhakim. Adabiyot haqida & She’rlar & Shoirning o’zi o’qigan she’rlar | Xurshid Davron kutubxonasi“. kh-davron.uz. Qaraldi: 2023-yil 3-avgust.
  7. „Matnazar Abdulhakim асарлари, китоблари“. kitobxon.com. Qaraldi: 2023-yil 3-avgust.
  8. „Matnazar Abdulhakim - Nurzamon.uz“. www.nurzamon.uz. Qaraldi: 2023-yil 3-avgust.
  9. „Matnazar Abdulhakim асарлари, китоблари“. kitobxon.com. Qaraldi: 2023-yil 3-avgust.
  10. Muharrir „Matnazar ABDULHAKIM sheʼrlari samodan soʻylar | gujum.uz“. gujum.uz (2019-yil 20-fevral). Qaraldi: 2023-yil 3-avgust.
  11. Kishin, Xajiboyev (2022-05-18). Matnazar Abdulhakim Ogahiy ijodining mohir tatqiqotchisi.. doi:10.5281/zenodo.6559728. https://zenodo.org/record/6559728.