Kontent qismiga oʻtish

Mavlono Badaxshoniy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Mavlono Badaxshoniy (15-asr) – fors-tojik tilida ijod qilgan shoir.

Mirzo Ulugʻbek hukmronligi davrida yashagan. Davlatshoh Samarqandiy Ulugʻbek davrida uning shoirlikda yuksak martabaga erishgani, oʻz davri ijodkorlarining peshqadami boʻlgani, sulton ham, barcha fuzalo ham Mavlono Badaxshoniyning isteʼdodiga tan berganligi, Ulugʻbek shaʼniga goʻzal qasidalar bitgani, devoni Movarounnahrda mashhurligini aytadi. Alisher Navoiyning “Majolis un-nafois”da maʼlumot berishicha, Mavlono Badaxshoniy fozil kishi boʻlib, “Ulugʻbek Mirzo zamonida Samarqandda shuaro ani xushgoʻyliqgʻa musallam tutubdurlar. Va Mirzoning dagʻi koʻp iltifoti bor ermish. Bu matla mashhurdurki:

Ey zulfi shab misoli turo dar bar oftob,

Az shab ki did soya, ki uftad bar oftob.

(Mazmuni: Tun kabi qora zulfing quyosh (yorning quyoshday yuzi)ni oʻz bagʻriga olibdi.

Tun quyoshga soya solganini kim koʻribdi)[1][2].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Alisher Navoiy: Qomusiy lugʻat. 
  2. Majolis un-nafois.