Mavlono Faxriddin Luristoniy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Mavlono Faxriddin Luristoniy“Nasoyim ul-muhabbat”da tilga olingan tasavvuf shayxi. Yoshligida madrasada diniy va dunyoviy bilimlarni oʻzlashtirish bilan mashgʻul boʻlgan. Tariqatga boʻlgan muhabbati gʻolib kelib, dastlab Misrda Shayx Shayʼulloh, uning vafotidan keyin Imom Gʻazzoliy avlodidan boʻlmish Shayx Muhyiddin Tusiy, keyinroq Axiy Ali Qutluqshohning farzandlari suhbatiga yetishgan, ammo ular huzuridan talab qilgan narsasini topolmagan. Soʻng Hofiz Bahouddin Umar Abardihiyga murid tushib, maʼnaviy kamolotga erishgan. Piri vafotidan soʻng Jomga borib, Ahmad Jomiy qabri oldida mujovir boʻlgan. Jomiy goʻdaklik chogʻidayoq uning diydoriga yetishgani, uning qalbida tasavvuf ahliga muhabbat oʻshandan keyin mustahkam oʻrnashganini qayd qilib oʻtgan. Umri oxirida haj ziyoratini ado qilib, soʻng Misrga qaytgan va Qarofada, Imom Shofeiy qabri yonida dafn etilgan. Alisher Navoiy “Nasoyim ul-muhabbat”ga “Nafahot ul-uns”dan ushbu shayx haqidagi bobni qisqartirib kiritgan.

Mavlono Faxriddin Luristoniy 820-hijriy-qmariy/1417-milodiy yildan keyin vafot etgan[1][2].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Alisher Navoiy: Qomusiy lug'at. 
  2. Nasoyim ul-muhabbat.