Kontent qismiga oʻtish

Mavlono Figʻoniy II

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Mavlono Figʻoniy II (15–16-asr) – fors-tojik tilida ijod qilgan xurosonlik shoir. Nomi “Majolis un-nafois”ning uchinchi majlisida tilga olinadi.

Alisher Navoiy uning Xoja Afzalga qarindosh ekani va yaxshi sheʼriy tabʼi borligi haqida maʼlumot beradi. “Majolis un-nafois”ning tarjimoni Faxriy Hirotiy esa uning asl ismi Xoja Mir Mast ekani, avval “Figʻoniy”, keyin “Ziyo” taxallusi bilan ijod qilgani, taʼrix aytishda mohirligi haqida yozib, Mavlono Figʻoniyning bitta taʼrixi, qasidasi va gʻazalidan bir matlaʼ keltiradi. Navoiy “Majolis un-nafois”da uning quyidagi baytini keltirgan:

Har ki chun surati Chin dida ba roʻi tu kushod,

Chashmi digar zi tamoshoi tu barham nanihod.

(Mazmuni: Kim sening Chin suratiga oʻxshash yuzingga koʻz ochib qarasa, shundan soʻng tomosha qilishdan koʻzini uza olmaydi)[1][2].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Alisher Navoiy: Qomusiy lug'at. 
  2. Majolis un-nafois.