Kontent qismiga oʻtish

Mavlono Joniy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Mavlono Joniy (XV XVI asr) – fors-tojik tilida ijod qilgan jurjonlik shoir. Nomi “Majolis un-nafois”ning[1] uchinchi majlisida tilga olinadi. Alisher Navoiy uning dastlab “Rayhoniy” taxallusi bilan ijod qilgani, keyinchalik unga tugʻilgan joyiga nisbat berib, “Joniy” taxallusini tavsiya qilganliklarini, tabiatida bir oz savdoyilik borligi haqida yozadi.[2] “Majolis un-nafois”da uning quyidagi bayti keltirilgan:

To jilva kard xatu labi yor sabzu surx,

Otash alam zad az dili afgor sabzu surx.

(Mazmuni: Yorning miyigʻi va labi sabz va qizil tusda jilva qilganda,

xasta koʻng­limdan sabzrang va qizil oʻt gurillab yondi).

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Alisher Navoiy: Qomusiy lug'at. 
  2. Majolis un-nafois.