Kontent qismiga oʻtish

Mavlono Komiy

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Mavlono Komiy (XV–XVI asr) – fors-tojik tilida ijod qilgan xurosonlik shoir. Nomi “Majolis un-nafois”ning uchinchi majlisida tilga olinadi. Alisher Navoiy uning oʻbalik ekanligini, kichikligida Mavlono Muhammad Badaxshiy tarbiyasida boʻlganligini, keyinchalik Badaxshiy uning tahsildagi kamolini koʻrib ulugʻroq donishmandlarga shogirdlikka berganini aytadi. Mavlono Komiy juda qobiliyatli va iqtidorli yigit boʻlgan. Navoiy uning odobi va insoniyligiga ham yuksak baho berib, Mavlono Badaxshiyga munosib farzand boʻldi, deydi. Mavlono Komiy yaxshi sheʼr yozish bilan birga muammo janrining ham bilimdoni boʻlgan. “Majolis un-nafois”da uning quyidagi bayti va “Noʻmon” ismiga bitilgan bir muammosi keltirilgan:

Kaseki, u sari dastori sarvi man chinad,

Digar zi bogʻ charo dastai suman chinad.

(Mazmuni: Kimki sarv qomatligimning sallasini bejab qoʻysa, chamandan suman guli terib nima qiladi?!)[1][2]

  1. Alisher Navoiy:Qomusiy lug'at. 
  2. Majolis un-nafois.