Kontent qismiga oʻtish

Mavlono Mahviy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Mavlono Mahviy (XV–XVI asr) – xurosonlik forsiynavis shoir. Nomi “Majolis un-nafois”ning uchinchi majlisida tilga olinadi. Alisher Navoiy uning yaxshi sheʼriy tabʼi borligini, sheʼr yozish asnosida baʼzan tahsil olish bilan ham mashgʻul boʻlishini aytar ekan, “yigitlik havo va havasi ani parishon tutar”, deb yozadi. “Majolis un-nafois”da uning quyidagi bayti keltirilgan:

Dudeki, az dili man dar shomi gʻam baroyad.

Bar yodi turrai oʻ purpechuxam baroyad.

(Mazmuni: Gʻam tunida dilimdan chiqqan tutun ul goʻzalning kokili yodi bilan buralib, jingalak boʻlib koʻtariladi)[1][2]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Alisher Navoiy: Qomusiy lug'at. 
  2. Majolis un-nafois.