Kontent qismiga oʻtish

Mavlono Mashriqiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Mavlono Mashriqiy (XV asr) – fors-tojik tilida ijod qilgan mashhadlik shoir. Nomi “Majolis un-nafois”ning ikkinchi majlisida tilga olinadi. Alisher Navoiy uning kosagarlik (kulolchilik) bilan shugʻullangani, darvesh boʻlgani, Abdurahmon Jomiy va bilan ulugʻ zotlar xizmatiga yetishganligini taʼkidlab, “Majolis un-nafois”da uning hayotdan shikoyat tarzida yozilgan sheʼridan bir bayt keltiradi:

Az chist surx panjai marjonu poi bat,

Gar xun bajoi ob ravon nest dar bihor.

(Mazmuni: Marjon (suv hayvoni) panjasi va oʻrdak oyogʻining qizilligi daryolarda suv oʻrniga qon oqqanidan boʻlmay, nimadan boʻlsin?!)[1][2]

Mavono Mashriqiy Hirotda vafot etgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Alisher Navoiy: Qomusiy lug'at. 
  2. Majolis un-nafois.